Texnologik dam olish vaqti ttex deb qo`llaniladigan ashyolarning texnologik hususiyatlaridan kelib chiqqan dam olish vaqtiga aytiladi. Masalan betonni sergib o`zini ushlash davri va boshqalar.
Tashkiliy dam olish ttash deb navbatdagi ixtisoslashgan oqim uchun ish ko`lamini tashkil qilishga ketgan vaqt.
2. Yer ishlari. Yerli asos qurilish me`yori va qoidalariga to`g`ri keladigan tarkibdagi tuproqlar va sun`iy tanlangan ashyolarni tashib keltirish bilan barpo etiladi. Yerli asosni qurish yo`l qurilish ishlarining tarkibiy qismi bo`lib u quyidagilardan iborat bo`ladi.
Yo`l bo`laklarini tozalash – yer ishlariga kirishishni dastlabki bosqichi.
Tuproqlarni yumshatish – yo`l mashinalari ishini yengillatish uchun qo`shimcha jarayonlar.
Burg`ilash ishlari – tog` jinsi muzlama, botqoqli tuproqlarni portillatish.
Yo`l mashinalari yordamida yo`l asosini tuproq bilan ko`tarish yoki uni qirqib olish ishlari.
Yo`l bo`laklarini tozalash.Yo`l qurilishidan oldin uning asosi daraxt, to`ngak, daraxt qoldiklari, katta toshlardan yetarli kenglikda tozalanib ish bajarish va yo`l qurilish mashinalarini shikastlanishini oldini olish maqsadida maydon ajratiladi. Yo`l asosi uchun o`zining kengligiga mos keladigan maydon va shunga ko`shimcha quriladigan bino, omborxona, zahira va boshqa maqsadlar uchun maydonlar ajratiladi.
Yo`l bo`lagini tozalash bo`yicha bir guruh ishlarni bajarish quyidagi jarayonlardan iborat:
Daraxtlarni kesish va ularning to`ngaklarini chiqarish;
Daraxt shoxlari va ildiz qoldiklarini tozalash;
Katta-katta toshlarni chiqarish, yig`ishtirish va ularni yo`l bo`lagidan olib tashlash;
Tuproqning unumdor qatlamini qirkib olish.
Daraxtlarni yiqitish usullari ularning nasli va tegishli jihozlarning mavjudligiga qarab tanlanadi. Agar daraxt ildizlari chuqur ketmagan bo`lsa, ularni ildizlari bilan yiqitish maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar ildizlari chuqur ketgan daraxt nasillari bo`lsa, ularni oldin kesib yiqitiladi va to`ngak, ildizlar kavlab olinadi. Tomiri bilan yiqitish amallari buldozer va kovlagich yordamida bajariladi. Daraxtlarni kesish zanjir moslamali benzin bilan ishlaydigan yurgazgichli «Drujba» yoki «Ural» arralari bilan amalga oshiriladi.
Yerning unumdor qatlamini olib tashlash muxim ishlardan hisoblanadi. Chunki u qimmatli tabiat inomi hisoblanadi, shuning uchun u extiyotkorlik bilan qirqib olinib chiqindilarni aralashtirmagan xolda tegishli joyga to`planishi zarur. Bu ishni bajarishda SNiP talablariga to`la amal qilinishi zarur.
Yer ishlari chiziqli va umumlashgan turlarga bo`linadi. Birinchisida yonbosh (profil) ko`rinishi beriladi, ya`ni yerli asosga yonbosh qirqim shakli beriladi. Ikkinchisida esa tuproq bilan ko`tarish, baland joylarini qirkib tashlash ishlari bajariladi. Chiziqli shakl berishda greyder, avtogreyder, buldozerlar, umumlashgan shakl berishda ekskovator, skreper, greydor-elevator shuningdek avtogreyder va buldozerlar ishlatiladi. Tuproq ishlarini bajarishdan oldin ariqlar qazish yordamida yer asosi quritiladi, ustidagi bo`sh yuqori qatlam olib tashlanadi, drenajlar qurish va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi. Bu bilan yer asosini ortiqcha namlanishi, o`tirib qolishini oldi olinib mustaxkamligi ortiriladi.
Geometriya shakliga ega bo`lgan yerli asos hajmini aniqlash uchun uning uzunligi va ko`ndalang kesim yuzasini aniqlash zarur. 43-rasmda ko`rsatilgan shakl bo`yicha ko`tarilgan yerli asos bilan tanishib chiqamiz. Uning ko`ndalang kesim yuzasini trapetsiya shaklida deb olamiz. Uning katta asosi yer yuzasi bilan tutashganligi uchun unda ko`ndalang og`ish burchagi yo`q deb olinadi.
43-rasm. Tuproq uyimining shakli (prizmatoid).
Trapetsiyaning yuqorigi kengligi va balandligi SNiP-da yo`l toifasi bo`yicha berilgan. Bu ko`rsatkichlar trapetsiya yuzasini aniqlash uchun yetarli emas. Uning pastki asosi uzunligi, ya`ni to`kilgan tuproq asosi uzunligini topish zarur. U me`yoriy berilgan ko`rsatgich V1 va ung, chap og`ish tomonlari asosida hosil bo`lgan uchburchaklarning pastki tomonlari KN1 va KN1 lar yig`indisiga teng bo`ladi. Ularning qiymati berilgan N tuproq balandligi va chap va o`ng tomonlari og`ish koeffitsiyentiga bog`lik bo`ladi. Og`ish burchaklari deyarli teng bo`lganligi uchun KN1=KN. Demak V1=V+2KN, yuqoridagilarga asosan trapetsiya yuzasi