Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari



Yüklə 342,21 Kb.
tarix31.10.2022
ölçüsü342,21 Kb.
#66967
tekislik-va-togri-chiziqning-ozaro-vaziyatlari

Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari




Charosxon Shakirova Turgunovna

Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari


To‘g‘ri chiziq va tekislik fazoda o‘zaro quyidagi vaziyatlarda bo‘lishi mumkin:

  • to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli (aP),

  • to‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishadi (aP),

  • to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel (a P),

  • to‘g‘ri chiziq tekislikka perpendikulyar (aP).

Tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziq va nuqta. Quyidagi xollarda to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi:

  • agar to‘g‘ri chiziqning ikki nuqtasi tekislikka tegishli bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi. Masalan, a to‘g‘ri chiziqning A va B nuqtalari (82-rasm) Q tekislikka tegishli bo‘lganligi uchun a to‘g‘ri chiziq Q tekislikka tegishli bo‘ladi;

  • agar m to‘g‘ri chiziqning bir nuqtasi tekislikka tegishli bo‘lib, mazkur tekislikka tegishli yoki unga parallel biror to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi. Masalan, m to‘g‘ri chiziqning C nuqtasi Q tekislikka tegishli va bu to‘g‘ri chiziq mazkur tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, u holda m to‘g‘ri chiziq Q tekislikka tegishli bo‘ladi.


a) b)
82-rasm
To‘g‘ri chiziqning tekislikka tegishli bo‘lish shartlaridan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1-xulosa. Agar to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziqning bir nomli izlari tekislikning bir nomli izlariga tegishli bo‘ladi (83-rasm).

a) b)
83-rasm

P tekislikka tegishli m to‘g‘ri chiziqning MH gorizontal izi tekislikning PH gorizontal izida, to‘g‘ri chiziqning MV frontal izi tekislikning PV frontal izida joylashgan. Demak, m to‘g‘ri chiziq P tekislikka tegishli bo‘ladi, ya’ni mP.
2-xulosa. Agar nuqta tekislikka tegishli bo‘lsa, bu nuqta tekislikning biror to‘g‘ri chizig‘iga tegishli bo‘ladi.
84-rasmda P(PH, PV) tekislik bilan A(A′, A″) va B(B′, B″) nuqtalarning o‘zaro joylashuvini ko‘rsatilgan. Buning uchun:

  • nuqtaning gorizontal A′ (yoki frontal A″) proyeksiyasidan o‘tuvchi va tekislikka tegishli a to‘g‘ri chiziqning gorizontal a′ (yoki frontal a″) proyeksiyasi o‘tkaziladi.

  • to‘g‘ri chiziqning frontal a″ (yoki gorizontal a′) proyeksiyasi yasaladi.

  • A nuqtaning A′ gorizontal va A″ frontal proyeksiyalari a to‘g‘ri chiziqning bir nomli a′ va a″ proyeksiyalarida joylashgan uchun AОP bo‘ladi.

Xuddi shu tartibda P(PH, PV) tekislik bilan B(B′, B″) nuqtaning o‘zaro vaziyatini tekshirganimizda B′Оb′ va B″П b″ bo‘lgani uchun BПP bo‘ladi.
85-rasmda a va b kesishuvchi chiziqlar orqali berilgan Q tekislik bilan E va F nuqtalarning o‘zaro vaziyati m va n chiziqlar yordami bilan aniqlangan:

  • Eўn ў va Eўўnўў bo‘lgani uchun EQ bo‘ladi.

  • Fўmў va Fўўmўў bo‘lgani uchun esa FQ bo‘ladi.1


84-rasm 85-rasm


Скачано с www.znanio.ru

1 Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 58-60 betlar

Yüklə 342,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin