Tekislikdayotuvchi to’g’ri chiziq vanuqta. Tekislikning boshchiziqlari. Tekislikning gorizontali, frontali. Tekislikning engkattaqiyalik chizig’i.
REJA 1.Tekislikda yotuvchi to’g’ri chiziq va nuqta. Ularning alomatlari.
2.Tekislikning bosh chiziqlari.
3.Tekislikning gorizontali, frontali. Ularning xossalari va algoritmi.
3.Tekislikning eng katta qiyalik chizig’i.
To‘g‘ri chiziq va tekislik fazoda o‘zaro quyidagi vaziyatlarda bo‘lishi mumkin:
to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli (aP),
to‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishadi (aP),
to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel (a P),
to‘g‘ri chiziq tekislikka perpendikulyar (aP).
Tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziq va nuqta Quyidagi xollarda to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi:
Аgar to‘g‘ri chiziqning ikki nuqtasi tekislikka tegishli bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi. Masalan, a to‘g‘ri chiziqning A va B nuqtalari (4.1-rasm) Q tekislikka tegishli bo‘lganligi uchun a to‘g‘ri chiziq Q tekislikka tegishli bo‘ladi;
agar m to‘g‘ri chiziqning bir nuqtasi tekislikka tegishli bo‘lib, mazkur tekislikka tegishli yoki unga parallel biror to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi. Masalan, m to‘g‘ri chiziqning Cnuqtasi Q tekislikka tegishli va bu to‘g‘ri chiziq mazkur tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, u holda m to‘g‘ri chiziq Q tekislikka tegishli bo‘lai.