Oktantlar
Fazodagi uchta oʻzaro perpendikulyar boʻlgan H, V, W – tekisliklarni davom ettirsak, u holda ular fazoni 1/8 qismidagi 8 ta oktantlarni hosil qiladi (13-shakl).
13-chizma. [2]
Oktantlardagi nuqtaning tekis chizmasini hosil qilish uchun H-tekislikni
XO-X – o’qi bo’yicha harakatlantirib 90°ga soat strelkasi (mili) yo’nalishida V - tekislikka jipslashtiramiz. W – tekislikni ZO-Z – oʻqi boʻyicha harakatlantirib
90° ga soat strelkasi yo’nalishining qarama-qarshi tomoniga V – tekislikka jipslashtiramiz. [3]
1-jadval
Oktantlar
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
X
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Y
|
+
|
-
|
-
|
+
|
+
|
-
|
-
|
+
|
Z
|
+
|
+
|
-
|
-
|
+
|
+
|
-
|
-
|
1 – jadvalda 8 ta oktantlarda koordinata oʻqlarining musbat va manfiy ishoralari keltirilgan. [6]
A nuqtaning I oktantda joylashuvini yaqqol tasviri 11 – chizmada va uning uchchala proyeksiyalarining epyuri 12 – chizmada tasvirlangan.
I oktantda joylashgan nuqta
misol. Koordinatalari bilan berilgan A(60,40,50) nuqtaning yaqqol tasviri va epyuri chizilsin.(32a,b-chizma).
A nuqtaning koordinatalaridan ko‘rinib turibdiki, u I oktantda joylashgan. (2-jadvalga qarang). I oktantning H,V,W-tekisliklarni yaqqol tasvirda chizib olamiz, hamda uning koordinata o‘qlarini belgilab chiqamiz (32a-chizma). Koordinata boshi 0 dan [ox)-o‘qiga 60 mm,[oy)-o‘qiga 40 mm va [oz)-o‘qiga 50 mm o‘lchab qo‘yamiz, hamda ularga AX, AY, AZ nuqtalarni belgilaymiz. (O‘qlardagi bo‘laklar 10 mm ga teng). A nuqtaning Agorizontal proyeksiyasini yasash uchun AX va AY nuqtalardan [ox) va [oy) o‘qlariga perpendikulyar chizamiz. Bu perpendikulyarlarning kesishgan nuqtasi A nuqtaning A gorizontal proyeksiyasi bo‘ladi. Shuningdek, AX va AZ nuqtalardan [ox) va [oz) o‘qlarga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning kesishgan nuqtasi A frontal proyeksiyasi, AY
va AZ nuqtalardan [oy) va [oz) o‘qlarga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning A profil proyeksiyasi bo‘ladi. A nuqtaning fazodagi vaziyatini aniqlash uchun A,A,A-proyeksiyalaridan H,V va W tekisliklarga perpendikulyarlar o‘tkazamiz. Ularning kesishish nuqtasi A nuqtaning fazodagi o‘rni bo‘ladi. A nuqtaning epyurini chizish uchun [ox),[oy) va [oz) koordinata o‘qlarini chizib olamiz.(32b-chizma). [ox)-o‘qiga 60 mm, [oy)-o‘qiga 40 mm va [oz)-o‘qiga 50 mm o‘lchamlarni o‘lchab qo‘yamiz va AX, AY, AZ nuqtalarga ega bo‘lamiz. Bu nuqtalardan [ox),[oy),[oz)-o‘qlariga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning kesishgan nuqtalari A nuqtaning A- gorizontal, A-frontal va A-profil proyeksiyalarini beradi. [2]
Dostları ilə paylaş: |