Tekislikka proyeksiyalash; Oktantlar; Xususiy


II oktantda joylashgan nuqta



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/5
tarix03.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#106982
1   2   3   4   5
2 ma\'ruza Nuqtani o\'zaro perpendikulyar bo\'lgan uchta tekislikka

II oktantda joylashgan nuqta





  1. misol. Koordinatalari bilan berilgan B(60,-80,50) nuqtaning yaqqol tasviri va epyuri chizilsin.(33a,b-chizma).






  1. nuqta II oktantda joylashgan. II oktantning yaqqol tasvirida H,V,W- tekisliklarini chizib olamiz (33a-chizma).Koordinata o‘qlariga berilgan XB=60, - YB=-80, ZB=50 qiymatlarni o‘lchab qo‘yamiz va hosil bo‘lgan nuqtalarni BX, BY, va BZ bilan belgilaymiz. So‘ngra BX va BY nuqtalardan [ox) va [oy) o‘qlarga, BX va BZ dan [ox) va [oz) o‘qlarga, hamda BY va BZ dan [o-y) va [oz) o‘qlarga perpendikulyarlar o‘tkazamiz. Ularning kesishgan nuqtalari B-gorizontal, B- frontal, va B-profil proyeksiyalarini aniqlaymiz. B nuqtaning fazoda joylashgan o‘rnini aniqlash uchun B, B va B proyeksiyalaridan tegishlicha H,V,W- tekisliklarga perpendikulyarlar o‘tkazamiz. Ularning kesishgan nuqtasi izlangan B nuqta bo‘ladi. B nuqtaning epyurini chizish uchun koordinata o‘qlarini chizib olamiz.(33b-chizma). Koordinata boshi 0 dan [ox)-o‘qiga 60 mm, [o-y)-o‘qiga -80 mm va [oz)-oqiga 50 mm masofalarni qo‘yib, BX, BY va BZ nuqtalarga ega bo‘lamiz. Ushbu nuqtalardan [ox),[o-y),[oz)-o‘qlarga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning kesishgan nuqtalari B nuqtaning B-gorizontal, B-frontal va B-profil proyeksiyalarini beradi. [6]

III oktantda joylashgan nuqta





  1. misol. Koordinatalari bilan berilgan C(60,-50,-40) nuqtaning yaqqol tasviri va epyuri chizilsin.(34a,b-chizma).



  1. nuqta III oktantda joylashgan. III oktantning H,V,W-tekisliklarini yaqqol tasvirda chizib olamiz, hamda uning koordinata o‘qlarini belgilab chiqamiz(34a- chizma). Koordinata boshi 0 dan [ox)-o‘qqa 60mm, [o-y)-o‘qqa -50mm va [o-z)- o‘qqa -40mm o‘lchab qo‘yamiz,hamda ularga CX, CY,CZ nuqtalarni belgilaymiz. CX va CY nuqtalardan [ox) va [o-y)-o‘qlarga perpendikulyarlar chizib, ularning kesishgan nuqtasi C nuqtaning C gorizontal proyeksiyasini hosil qiladi. CX va CZ nuqtalardan [ox) va [o-z) o‘qlarga perpendikulyarlar chizib, ularning kesishgan nuqtasi C nuqtaning C frontal proyeksiyasini hosil qiladi. CY va CZ nuqtalardan [o-y) va [o-z)-o‘qlarga perpendikulyarlar chizib, ularning kesishgan nuqtasini C bilan belgilaymiz. C nuqta C nuqtaning profil proyeksiyasi. C,C va C nuqtalardan H,V,W tekisliklarga perpendikulyarlar chizamiz. Ular o‘zaro kesishib fazoda joylashgan C nuqtani beradi. C nuqtani epyurini chizish uchun koordinata o‘qlarini chizib olamiz.(34b-chizma). Koordinata boshi 0 dan [ox)-o‘qqa 60mm, [o-y)-o‘qqa -50mm va [o-z)-o‘qqa -40mm masofalarni o‘lchab qo‘yib CX, CY va CZ nuqtalarni belgilaymiz. Ulardan [ox), [o-y) va [o-z)-o‘qlarga perpendikulyar chiziqlar chizib, ularning kesishgan nuqtalarini C,C,C bilan belgilaymiz. [6]




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin