IV oktantda joylashgan nuqta
Koordinatalari bilan berilgan D(60,50,-70) nuqtaning yaqqol tasviri va epyuri chizilsin.(35a,b-chizma).
D nuqta IV oktantda joylashgan. IV oktantning H, V va W –tekisliklarini yaqqol tasvirda chizib olamiz, hamda uning koordinata o‘qlarini belgilab chiqamiz. (35a- chizma). Koordinata boshi 0 dan [ox)-o‘qqa 60mm,[oy)-o‘qqa 50mm va [o-z) o‘qqa -70mm o‘lchab qo‘yamiz, hamda ularda DX, DY va DZ nuqtalarni belgilaymiz. DX va DY nuqtalardan [ox) va [oy) o‘qlarga perpendikulyarlar chizib, ularning kesishgan nuqtasi, D nuqtaning D gorizontal proyeksiyasini hosil qiladi. DX va DZ nuqtalardan [ox) va [o-z) o‘qlarga perpendikulyarlar chizib ularning kesishgan nuqtasi D nuqtaning D frontal proyeksiyasini hosil qiladi. DY va DZ nuqtalardan [oy) va [o-z) o‘qlarga perpendikulyarlar chizib ularning kesishgan nuqtasini D bilan belgilaymiz. D nuqta D nuqtaning profil proyeksiyasi. D, D va D nuqtalardan H, V va W tekisliklarga perpendikulyarlar chizamiz. Ular o‘zaro kesishib fazoda joylashgan D nuqtani beradi. D nuqtani epyurini chizish uchun koordinata o‘qlarini chizib olamiz (35b-chizma). Koordinata boshi 0 dan [ox)-o‘qqa 60mm, [oy)-o‘qqa 50mm va [o-z)-o‘qqa -70mm masofalarni o‘lchab qo‘yamiz va ularda DX, DY va DZ nuqtalarni belgilaymiz. Ulardan [ox),[oy) va
[o-z)-o‘qlarga perpendikulyar chiziqlar chizib, ularning kesishgan nuqtalarini D, D va D bilan belgilaymiz. [6]
Xususiy holatda joylashgan nuqta.
Ta’rif: Agar nuqta H,V,W-proyeksiyalar tekisliklaridan biriga yoki [ox),
Dostları ilə paylaş: |