TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNVERSITETI
2-KURS (SIRTQI) TALABASI QO'RG'ONOV SHOYUSUFNING NUTQ MADANIYATIDAN TAYYORLAGAN
Tekshirdi: Ravshanova.M
14.02.2022 ____________
Mavzu; Global muammolar davrida ,, jon saqlab qolish” .
O’zbekiston uchun tahdidlar va yechimlar.
Olimlarning ta'kidlashicha, hozir biz yangi geologik davrga - antropotsenga kirib bormoqdamiz. Bu davrda insonlar sayyoramiz kelajagini shakllantiruvchi ustun kuch bo‘lib, insoniyat faolligi shu darajaga yetganki, say daraj adagi biogeofizik o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. y darajadagi biogeofizik o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi hisobotning navbatdagi 2020 yilgi nashrini taqdim qildi. Hisobot mavzusi «Keyingi marra: Inson taraqqiyoti va antropotsen» deb nomlanadi.
Kun.uz Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupovning ushbu hisobot xulosalarining O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanishi borasidagi fikr-mulohazalarini qisqartmalar bilan taqdim qiladi.
«Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, Covid-19 kasalligi butun dunyo e'tiborini o‘ziga tortgan bir paytda, ilgari mavjud bo‘lgan sayyoraviy inqirozlar ham davom etib kelmoqda. 2020 yil sodir bo‘lgan Atlantika havzasidagi dovullar mavsumi ham bo‘ronlar soni, ham tez avj olganlari soni bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatdi yoki shunga yaqin bo‘ldi. So‘nggi 12 oy mobaynida misli ko‘rilmagan yong‘inlar Avstraliya, Braziliya, Rossiya va AQShning ulkan hududlarini kuydirib yubordi. O‘rmonlarni keng ko‘lamda kesish va atmosfera havosiga issiqxona gazlarini tashlash davom etib kelmoqda»
Muallifning fikricha, O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishi mintaqamizdagi asosiy daryolarga suv yetkazib beruvchi tog‘dagi muzliklarning erishiga olib kelmoqda. So‘nggi 50-60 yilda muzliklarning maydonlari taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, o‘rtacha yillik harorat 2 darajaga ko‘tarilgan taqdirda muzliklar o‘z hajmining 50 foizini yo‘qotishi mumkin, harorat 4 darajaga ko‘tarilgan taqdirda esa – bu hajm 78 foizgacha yetadi. Natijada mavjud suv resurslari hajmi ham qisqarmoqda. Masalan, O‘zbekiston tomonidan foydalaniladigan suvning yillik hajmi so‘nggi yillarda o‘rtacha yillik 51-53 kub metrni tashkil qiladi, bu esa o‘tgan asrning 80-yillariga qiyoslaganda 20 foizga kamdir. Shu bilan birga, mamlakat aholisi ushbu muddat ichida 1,5-2 baravar o‘sgan.
Yusupov O‘zbekistondagi ko‘pgina muammolar ham tabiiy, ham ijtimoiy ildizlarga egaligi va ularning sabablari mamlakatning boshqa davlatlar bilan bog‘liqligida ekanini aytadi va bunga uchta misol keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |