Tekshirdi: Ravshanova. M


Birinchisi - o‘sib borayotgan suv tanqisligi muammosi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/4
tarix25.11.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#70497
1   2   3   4
2 5208877169119335246

Birinchisi - o‘sib borayotgan suv tanqisligi muammosi. Vaziyatni ikki holat og‘irlashtiradi. Birinchidan, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlardan keladigan suv ta'minotiga bog‘liqligi yuqori darajada (iste'mol qilinadigan suvning 80 foizi tashqaridan keladi). Shuning uchun ham suv tanqisligi muammosini ushbu davlatlar bilan kelishmasdan hal etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda ichimlik suvi juda samarasiz sarf qilinadi, ayniqsa, mamlakatdagi suv resurslarining 90 foizini iste'mol qiluvchi qishloq xo‘jaligida. Suv iste'molchilarga yetkazish vaqtida (o‘ta eskirgan va chirigan infratuzilma sababli sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar 35-40 foizni tashkil qiladi) va iste'mol jarayonida ham (sug‘oriladigan yerlarning faqat 3 foizida suv tejovchi texnologiyalar tatbiq etilgan) yo‘qotiladi.
Ikkinchisi - O‘zbekiston eksportida xomashyo mahsulotlarining ustunligi (gaz, oltin, to‘qimachilik xomashyosi va h.k.) iqtisodiyotimizning rivojlanish vektorini beqaror qiladi (chunki ushbu mahsulotlarning jahon bozoridagi narxi keskin o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin) va mamlakat ichida xomashyoni yuqori darajada qayta ishlovchi sohalarning rivojlanishini cheklab qo‘yadi. O‘zbekistonning xomashyoga bog‘liqligi sabablari quyidagilardan iborat: qayta ishlov bermasdan foyda bilan eksport qilish imkoniyatini beruvchi tabiiy resurslarning katta zaxiralari, shuningdek, mahalliy raqobatbardosh qayta ishlovchi korxonalarni tashkil qilish va rivojlantirishni zaif rag‘batlantiruvchi yomon biznes muhiti mavjudligi.
Uchinchisi - so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatib kelingan tuproq degradatsiyasi (sho‘rlanish, unumdorlikning pasayishi), bir tomondan - tuz va boshqa zararli moddalar atmosferaga tashlanishiga va keyinchalik yondosh hududlarga cho‘kishiga olib keluvchi Orol dengizidagi fojianing oqibatlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, boshqa tomondan – bunga bir qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri sabab bo‘lgan.
Yangi davrda omon qolish uchun yo‘l ko‘rsatkichlar
Ko‘pgina olimlarning fikricha, bizning sayyoramiz zamonaviy inson sivilizatsiyasi paydo bo‘lgan va 12 000 yil davom etgan golotsen davridan chiqmoqda. Ularning ta'kidlashicha, hozir biz yangi geologik davrga — antropotsenga kirib kelmoqdamiz, unda insonlar sayyoramiz kelajagini shakllantiruvchi ustun kuch bo‘lib, insoniyat faolligi shu darajaga yetganki, sayyoraviy darajadagi biogeofizik o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu o‘zgarishlar iqlim va Yerning jismoniy ko‘rinishining o‘zgarishini, biologik turlarning katta qismi yo‘qolishini, ko‘pgina tabiiy resurslarning (foydali qazilmalar, ichimlik suvi, o‘rmonlar va h.k.) tugashini o‘z ichiga oladi.
Biz global muammolarga tegishli ravishda javob bera olishimiz hamda dunyoda barqarorlik, uyg‘unlik va farovonlikni ta'minlashimiz uchun o‘z fikrlash tarzimizni va dunyoni boshqarish uchun qo‘llaydigan mexanizmlarni o‘zgartirishimiz zarur. Yangi davr qat'iy ravishda axloqning yangi tamoyillarini va inson jamiyatlarini tashkillashtirishning yangi qoidalarini talab qiladi.
Hisobotda keskin o‘zgarishlar talab etiladigan beshta asosiy yo‘nalish taklif etilgan:

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin