Текст абзаца


Qanday qilib 1 haftada 1000+ so'zlarni yod olish mumkin?



Yüklə 461,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix20.09.2023
ölçüsü461,97 Kb.
#145727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
So\'zlarni eslab qolish sirlari - J.R

Qanday qilib 1 haftada 1000+ so'zlarni yod olish mumkin?
8


kulguli va g'alati bo'lsa so'zlarni eslab qolish darajamiz ham
shunchalik yuqori bo'ladi. Misol uchun, Greedy - Ochko'z so'zini
olaylik. Greedy - Grizli so'ziga o'xshab ketadi va keling ushbu
so'zni Grizli ayig'iga bog'lab yodlab ko'ramiz. Ayiq ko'p ovqat
yeydi va uni biz bemalol ochko'z deb atashimiz mumkin. Endi
eslab qolishimiz yanayam osonroq bo'lishi uchun misolni
kulguliroq va g'alatiroq qilamiz. Tasavvur qiling, Pushti yubka
kiygan Grizli ayig'i ochofatlarcha ovatlanyapti.
Bo'ldi, miyamizda Greedy so'zi Pushti yubka kiygan ochofat ayiq
personaji bilan eslab qolindi va biz, har Greedy so'zini
k'rganimizda ochofat ayiq ko'z oldimizga keladi va Greedy
so'zining tarjimasi ochofat ekanligini eslaymiz. 
Tasavvurdan qisqacha shunday foydalaniladi. Xulosa qilib
aytganda, biror mavzu yoki so'zni eslab qolgunimizcha o'sha
mavzu yoki so'z haqida bizda qandaydir tasavvur bo'lsa biz uni 
yaxshiroq eslab qolar ekanmiz.
Takrorlash - 
Bu ham eslab qolishda alohida ahamiyatga ega
bo'lgan unsur. Takrorlab turilmagan barcha narsalar ma'lum vaqt
o'tib insonning yodidan ko'tariladi. Takrorlash bu aynan o'tirib
olib, bir so'z yoki matnni takror takror qaytarish degani emas, u
bundan ko'ra ancha kengroq mavzu. Ya'ni takrorlash turli xil
ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Eng yorqin misol, bu o'sha so'z
yoki mavzuni kundalik hayotimizda gaplar orasida ko'proq
ishlatish va eslash. Aynan shu usul yordamida ham, o'zimizga
kerakli narsalarni takrorlab turishimiz mumkin bo'ladi va
insonlarga qarab bu turlicha ishlaydi.
9
Qanday qilib 1 haftada 1000+ so'zlarni yod olish mumkin?


Ya'ni hamma odamlar bir xil emas, sizda ishlagan usul menda
ishlamasligi mumkin va teskarisi. Shu sabab biz, biror nima
o'rgandikmi uni o'zimizga moslashtirishga harakat qilishimiz
kerak, yoki bizda tanlov imkoniyati bo'lsa albatta o'sha
imkoniyatlarni sinab ko'rib orasida o'zimizga eng qulayi, eng
samaralisi deb hisoblaganimiz bilan shugullansak, o'rganish
jarayoni ancha osonlashadi.
LOKI USULI
Ushbu usul, mnemonika bilan shug'ullanuvchilar orasida eng
keng tarqalgani desak adashmagan bo'lamiz. Men sizga, bu
usuldan dastlab Sitsiron foydalangani u lokatsiya sifatida
toshchalarni ishlatgani haqida gapirib vaqtingizni olish niyatim
yo'q. Avval boshida aytganimdek, bu kitob mnemonika bilimlari
orasidan eng saralarini yig'ib (shaxsiy perspektiva) sizlarga
taqdim etilishi uchun yozilmoqda.

Yüklə 461,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin