yaxshi bilishi mumkin bo'lgan eng birinchi joyi bu, uning uyi
hisoblanadi va shu sabab ham, Uyimizdagi buyumlarni lokatsiya
qilgan holda biror so'z yo matnni eslab qolish judayam qulay
hisoblanadi (ayniqsa, hovlida tursangiz sizda domda
turuvchilarga nisbatan imkoniyat yana ham kengroq, ya'ni
bog'lash mumkin bo'lgan, lokatsiyalar soni anchagna ko'p).
Misol uchun biz: Pen (ruchka), rubber (o'chirg'ich), ruler
(chizg'ich) so'zlarini LOKI usuli yordamida eslab qolmoqchimiz.
Buning uchun biz uyimizning kirish eshigidan boshlab ko'zimizga
tashlanadigan 3 ta predmetni lokatsiya sifatida tanlab olamiz. U
bo'lishi mumkin, (domda tursak) kirishimizda Zal bo''ladigan
bo'lsa qanaqadir dekorativ suviner, Divan kreslo, Televizor. Ok,
shu uchala predmetni lokatsiya qilib oldik, endi vazifamiz
yodlamoqchi bo'lgan so'zlarimiz: Pen, Rubber va Ruler larni
ushbu lokatsiyalarga joylashtirib hayolan obraz yaratishimiz
kerak bo'ladi, so'zimiz ko'proq bo'ladigan bo'lsa ketma ketlikda ,
kirish eshigidan boshlab xonama-xona lokatsiyalarga bog'lab
ketaveramiz va bu obrazlar qanchalik kulguli va g'alati bo'lsa
eslab qolishimiz ham shunchalik oson bo'ladi (eslatma).
Boshladik!
Pen - hammamizga mashxur Piter Pen obrazini olamiz (multflim
personaji) va uni Kreslo bilan bog'laymiz. Tasavvur qiling,
Kresloda minglab sariq rangli ruchkalar yotibdi va Piter Pen
ularni hammayoqqa sochib o'ynab o'tiribdi. Takrorlaymiz. Tayyor
miyamizda Pen - ruchka so'zi, Piter Pen, kreslo va bir gala
ruchkalar bilan birgalikda eslab qolindi. Ko'rib turganingizdek
holat g'alati va bu biz uchun yaxshi.
Dostları ilə paylaş: