Telekommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 0,96 Mb.
tarix30.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#71355
3-mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI



TELEKOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR” FAKULTETI


Tt_11-21 GURUH TALABASINING

ELEKTRONIKA VA SXEMALAR”


FANIDAN

MUSTAQIL ISHI – 3


Bajardi: Qudratov Musulmon
Qabul qildi: Rustamova Malika


QARSHI-2022
Stabilitronlar
Stabilitron deb sxemalarda kuchlanish qiymatini barqaror (stabil) saqlab turuvchi yarimo‘tkazgich asbobga aytiladi. Stabilitron sifatida VAXida tok qiymati keskin o‘zgarganda kuchlanish deyarli o‘zgarmaydigan soha mavjud bo‘lgan elektron asboblardan foydalaniladi. Bunday soha kremniyli yarimo‘tkazgich diod elektr teshilish rejimida ishlaganda kuzatiladi. Shuning uchun yarimo‘tkazgich stabilitron sifatida kremniyli diodlardan foydalaniladi. Stabilitronlaming sxemada shartli belgilanishi 3.7a va b-rasmlarda, VAXi esa 3.7d-rasmda keltirilgan.

3.7-rasm. Bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) stabilitronlaming sxemada shartli belgilanishi hamda VAXi (d).
Agar stabilitrondan oqayotgan ko'chki toki qiymati ruxsat etilgan tok qiymatidan ortmasa, bunday rejimda u uzoq vaqt ishlashi mumkin. Ko‘pgina stabilitronlar uchun ruxsat etilgan sochiluvchi quwat (0,1 ^0,8) kVtgacha bo‘lgan qiymatlami tashkil etadi. Stabilitrondan oqayotgan tok qiymati IsT mtn dan IST max gacha o‘zgarganda, qiymati deyarli o‘zgarmaydigan, barqarorlash kuchlanishi Usr deb ataluvchi, kuchlanish stabilitroiming asosiy elektr parametri hisoblanadi (3.9-rasm).

3.8-rasm. Stabilitron (a) va stabistor (b) ning sxemalarda ulanishi

3.9-rasm. Stabilitron VAXI
Stabilitron VAXning elektr teshilish sohasida ishlaydi. Barqarorlash kuchlanishi qiymati p-n o‘tish kengligiga bog‘liq, p-n o‘tish kengligi esa diod baza sohalaridagi kiritmalar konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Agar stabilitron tayyorlashda kiritmalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan yarimo'tkazgichlardan foydalanilsa, p-n o'tish kengligi yupqa bo‘lishiga erishiladi. Bunday p-n o‘tishlarda tunnel teshilish sodir bo‘ladi va ishchi kuchlanishi Usr 3-4 V dan oshmaydi. Stabilitron asosidagi sodda parametrik kuchlanish stabilizatori sxemasi 3.8-rasmda keltirilgan. Sxemadagi chegaralovchi (ballast) qarshilik RB qyimati berilgan kirish kuchlanishi U kir da stabilitron orqali o‘tayotgan tok qiymati 1st mm va IST max toklaming taxminan o‘rta qiymatiga teng bo‘ladigan qilib tanlanadi. IsTmin - stabilizatsiya tokining elektr teshilish sodir boMadigan minimal qiymati. Isrmax tok qiymati stabilitron sochishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etilgan) maksimal quwat Rmax bilan aniqlanadi. Kirish kuchlanishi ortganda yoki yuklama qarshiligi RYu ortishi hisobiga yuklama told kamayganda, stabilitron orqali o‘tayotgan tok qiymati keskin ortadi. Natijada RB ballast qarshilikda kuchlanish pasayishi ortadi. Kirish kuchlanishining ortgan deyarli barcha qiymati ballast qarshilikda tushadi. Kirish kuchlanishi kamayganda yoki (RYu yuklama qarshiligi kamayishi hisobiga) yuklama toki ortganda stabilitron orqali o‘tayotgan tok qiymati keskin kamayib, RB ballast qarshilikda kuchlanish pasayishiga olib keladi. Ikkala holda ham stabilizatorining chiqishidagi kuchlanish qiymati deyarli o‘zgarmay qoladi. Kichik kuchlanishlami barqarorlash uchun stabistor qo‘llaniladi va u ishlaganda to‘g‘ri yo‘nalishda siljitiladi. Bunda bitta stabilitronning barqarorlash kuchlanishi 0,7-Ю,8 V ni tashkil etadi. Kremniyli oddiy diodlar to‘g‘ri siljitilganda ham shunday natijaga erishiladi. Bunday yarimo‘tkazgich diod stabistor deb ataladi (3.7b-rasm). Yuqori kuchlanishlami barqarorlovchi stabilitronlarda p-n o‘tish kengligi katta bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli ulardagi kirishmalar konsentratsiyasi kichik bo‘lib, kremniy asosida tayyorlanadi. Stabilitronlarda ko‘chkili teshilish sodir bo‘lib, barqarorlash kuchlanishi 7 V dan yuqori qiymatlami tashkil etadi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 V dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar ishlab chiqariladi. Stabilitronlaming teshilish sohasidagi dinamik (differensial) qarshiligi rD barqarorlash darajasini xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati, berilgan kichik toklarda, dioddagi kuchlanish qiymati kichik o‘zgarishlarini tokning mos o‘zgarishlariga nisbati bilan aniqlanadi (3.9- rasm), ro qiymati qanchalik kichik bo‘lsa, barqarorlash shunchalik yaxshi bo‘ladi:

Stabilitron VAXining bo‘lak-chiziqli approksimatsiyasi 3.10- rasmda ko‘r

Stabilitron muhim parametrlaridan bin bo‘lib barqarorlash kuchlanishining temperatura koeffitsiyenti (KTK) hisoblanadi. U temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. Tunnel teshilish kuzatiluvchi kichik kuchlanishli stabilitronlar manfiy, ko‘chkili teshilish sodir bo‘luvchi, yuqori kuchlanishlarda ishlaydigan stabilitronlar esa musbat KTKga ega. KTKning stabilitronlarga xos qiymati 0,2-0,4% gradusdan ortmaydi. Barqarorlash koeffitsiyenti KST deb, kirish kuchlanishi nisbiy o‘zgarishini chiqish (stabilizatsiya) kuchlanishi nisbiy o‘zgarishi bo‘linmasiga teng miqdorga aytiladi

Kirish kuchlanishi yoki yuklama qarshiligi ortishi bilan barqarorlash koeffitsiyenti ortadi. Kirish kuchlanishining ortishi bilan ta’minlovchi manba quwatining ballast qarshilikda yo‘qolishi ortadi. Shuning uchun manba kuchlanishi qiymati barqarorlash kuchlanishidan ikki, uch marta katta qilib tanlanadi.

3.10-rasm. Stabilitron VAXining bo‘lak-chiziqli approksimatsiyasi (a) va kuchlanish stabilizatorining yuklama VAXi (b).
Yuklama qiymati Ryu^ yu.kr bo‘lganda barqarorlash koeffitsiyenti kichik va u yuklama qarshiligiga keskin bogiiq (З.ЮЬ-rasm). Shu sababh, ular murakkab tranzistorli kuchlanish stabilizatorlarida tayanch kuchlanish datchiklari sifatida ishlatiladi.
Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin