Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   183
T

Nazorat savollari 
 
1.
Qanday xalqaro elektr aloqa standartlarini bilasiz? 
2.
Multimediali aloqa tarmoqlarining standartlarini ayting? 
3.
O‘zbekiston Respublikasi qaysi standartlashtirish tashkilotlarga a’zo 
hisoblanadi?


300 
4.
O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasi bo‘yicha 
qaysi standartlashtirish tashkilotlari javob beradi? 
5.
ITU-T Y.1540 tavsiyasi qanday standartlarni aniqlaydi? 
6.
ITU-T Y.1541 tavsiyasi qanday standartlarni aniqlaydi? 
7.
Quyi sath protokollarining vazifasi nimadan iborat? 
8.
Transport sathi protokollarining vazifasini tushuntiring. 
9.
TCP, UDP, RTP – transport protokollarini bir-biridan farqi nimada? 
10.
Marshrutizatsiya va signalizatsiyani qanday protokollari mavjud? 
11.
Tarmoq sathi protokollarining vazifasini tushuntiring. 
12.
TCP/IP ni amaliy sathi qanday xizmatlarni amalga oshiradi? 
13.
RIP – protokolining vazifasi va xususiyatlarini tushuntiring. 
14.
OSPF - protokolining vazifasi va xususiyatlarini tushuntiring. 
15.
FTP – prtokolining vazifasi nimadan iborat? 
3.5.
 
Multimediali signalizatsiya va sinxronizatsiya tizimlari 
 
Telefon aloqada signalizatsiyaning vazifasi 
“Signalizatsiya” atamasining ta’rifi ITU tavsiyalarida keltirilgan. 
Signalizatsiya deb - ulanishni o‘rnatish va tugatish, shuningdek tarmoqni 
boshqarish va chaqiriqqa xizmat ko‘rsatish uchun maxsus mo‘ljallangan 
axborotlar almashish (avtomatik aloqada) tushuniladi. 
Telefoniyada tarmoq ierarxiyasi nuqtai nazaridan ikki turdagi 
signalizatsiyani ajratish qabul qilingan: abonent va stansiyalararo. 
Ko‘pincha yana bir sinf kiritilgan – stansiya ichi signalizatsiyasi. 
Signalizatsiya tizimini klassifikatsiyalashning yana bir foydali usuli, 
uzatilayotgan axborot vazifasiga asoslangan. Bu nuqtai nazardan odatda 
signallarni uchta turi ajratiladi: 
-
akustik, chaqiriqqa xizmat ko‘rsatishni (masalan, “Stansiya javobi” 
va “Chaqiriqni jo‘natish nazorati”) asosiy fazalari haqida abonentni 
xabardor qiladi; 
-
liniyali, ulanishni o‘rnatish va tugatish jarayonida (jumladan, 
“Bandlik” va “Abonent javobi”) kommutatsiya qurilmasi va kanallar 
holatini aniqlaydi
-
boshqaruvchi, kanalli kommutatsiyaga ega bo‘lgan qayd etilgan 
telefon aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan, stansiyalararo signalizatsiya 
aloqasini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, nomer va adres haqidagi 
xabardan iborat. 
Hozirgi vaqtda UFTTda bitta va ikkita ajratilgan signalli kanal 


301 
(ASK) bo‘yicha signalizatsiya qo‘llaniladi. Transport tarmoq raqamli 
uzatish tizimi (RUT) bazasi asosida qurilgan holatlarda, odatda ikkita 
ASKli signalizatsiya qo‘llaniladi. ASKni tashkil etish uchun, resurslarni 
taqsimlash algoritmi standartlashtirilgan, ya’ni IKM-30/32 uzatish 
tizimining 16-kanal intervalida hosil qilingan. 
Impulslar va pauzalar yordamida chaqiruvchi abonent tergan 
nomerni uzatish, ulanishni o‘rnatish jarayonini sekinlashtiradi. Bu 
kamchilikni kamaytirish maqsadida ko‘p chastotali signalizatsiya 
kiritilgan. 
Unda 
qo‘llaniladigan 
ko‘p 
chastotali 
kodni 
signalli 
kombinatsiyalari ikkita sinusoidal signallardan iborat. Uzatiladigan 
signallar, oltita imkoniyatlidan ikkita turli chastota nominalini qo‘llaydi. 
Mos keladigan usul ko‘pincha “6 dan 2” kodi deyiladi.
Umumkanal signalizatsiya (UKS) tizimi modelida funksional 
sathlarni ajratish prinsiplari bir qator spetsifik xususiyatlarga ega. Buning 
natijasida u OSI modelidan farqlanadi. 5.2-rasmda UKS tizimining modeli 
keltirilgan va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidan qabul 
qilingan, aynan o‘xshash tuzilishdan uni farqi ko‘rsatilgan. Bu yetti 
sathdan iborat tuzilish OSI abbreviaturasi bo‘yicha yaxshi ma’lum. 
5.1-rasm. Umumiy kanal bo‘yicha signalizatsiya 
UKS tizimining uchta quyi sathi MTP (Message Transfer Part) 
xabarini tashuvchi tarmoq tagini hosil qiladi. Bu MTP sathlarning 
funksional imkoniyatlari, avval mavjud bo‘lgan uchta “nimtarmoq – 
foydalanuvchilar” signalli yuklamaga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli edi: 
-
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - DUP (Data User Part); 
-
xendover jarayoni - HUP (Handover User Part); 
-
telefon tarmog‘i - TUP (Telephone User Part). 


302 
Signalli ulanishlarni boshqarish nimtarmoq SCCP (Signalling 
connection control part) OSI modelining 3-sathigacha MTRZ vazifalarini 
to‘ldiradi va keyingi “nimtarmoq – foydalanuvchilar” ishi uchun zarur: 
-
NMT-450 standartidagi harakatlanadigan aloqa - MUP (Mobile 
User Part); 
-
integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq - ISUP (ISDN User 
Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin