252
kuchaygan sharoitda mijozlarni jalb etish va saqlab qolish uchun juda
kuchli vosita hisoblanadi. Foydalanuvchilarning so‘rovidan
aniqlanishi
bo‘yicha, bunday kelishuvning natijaviy imkoniyatlari ta’minlovchining
xizmatlarini tanlashda muhim omillardan biridir. Qisqa qilib aytganda
SLAning ma’nosi shundan iboratki, xizmatlarni ta’minlovchi va mijozlar
orasidagi
shartnomada,
ta’minlovchi
tomonidan
bajarilishi
kafolatlanadigan xizmat ko‘rsatish sifatiga QoS (Quality of Service)
bo‘lgan ma’lum bir talablar o‘rnatiladi.
Agar shu kafolatlar bajarilmasa, xizmatlarni ta’minlovchiga nisbatan
jarima solinadi.
Boshqa tomondan, kafolatlangan sifatni bergan
ta’minlovchi o‘zining xizmatlarining narxini oshirish imkoniga ega
bo‘ladi.
Xalqaro tashkilotlar xujjatlari va ta’riflar.
Xizmat ko‘rsatish sathi
bo‘yicha kelishuv xalqaro tashkilotlarning bir qator xujjatlarida ko‘rib
chiqiladi:
-
ITU-T (XEAI-T) E.860 tavsiyasi, “Framework of a Service Level
Agreement”, 2002y. va E.801 “Framework for Service Quality
Agreement”,1996 y.;
-
ETSI - qo‘llanmasi EG. 202 009-3 “User Group;
Quality of
telecom services; Part 3: Template for Service Level Agreements (SLA)”,
2002 y.;
-
Frame Relay Forum - FRF. 13 “Service Level Definitions
Implementation Agreement”, 1998 y.; TeleManagement Forum (TMF) -
GB917 “SLA Management Handbook”, 2001 y.
Bu ro‘yxatlarning ichida eng birinchi ITU-T E.801 yaratilgan. Unga
“Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv” (Service Quality Agreement,
SQA) kiritilgan va u o‘zaro bog‘langan operatorlar yoki xizmatlarni
ta’minlovchilar orasida, oxirgi foydalanuvchilar
va boshqa talabgorlarni
qoniqtirish uchun monitoringning rasmiy dasturlarini kiritish, o‘lchash va
me’yorlarni o‘rnatish haqida.
Frame Relay Forum o‘zining FRF.13 tavsilotli ro‘yxatida, kadrlarni
retranslyatsiya xizmati sifat parametrlarini o‘rnatdi va bu parametrlar SLA
da qo‘llanilishi mumkin. Rasman bu xalqaro xujjatlarda birinchi marta
ko‘rsatib o‘tilgan. So‘ngra TMF GB917 ma’lumotnomasida
va ITU-T
E.860 tavsiyasi ishlab chiqildi.
E.860 tavsiyasida xizmat ko‘rsatish sifati haqida yangi tushunchalar
yuzaga keldi (SQA, boshqa nomi QoS Agreement): hozirda u xizmat
ko‘rsatish sifatiga tegishli bo‘lgan SLA ning qismi kabi qaraladi. Shuning
uchun ham E.860 tavsiyasida bu ta’rif aniqlashtirilgan va QoS deb atalgan.
253
QoS - bu ta’minlovchidan foydalanuvchiga taqdim etilgan xizmat
ko‘rsatish darajasiga moslik va ular orasidagi kelishuv.
Differensiallashgan xizmatlar (Differentiated Services, DiffServ)
modelida qo‘llaniladigan
yana bir yaqin tushuncha bor, IETF – tavsilotli
ro‘yxatidagi xizmat ko‘rsatish sathi (Service Level Specification, SLS).
Birgalikda xizmat ko‘rsatishni aniqlaydigan bu parametrlar majmuasi
va ularning qiymati, DiffServ domenida trafiklar oqimiga taqdim etiladi.
DiffServ modelida QoS ni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan SLS,
SLAning bir qismi bo‘lishi mukin.
Mijozlar bilan o‘zaro bog‘lanishdan
tashqari, u chekkadan bu
chekkaga
xizmatlarni
taqdim
etishda
qatnashadigan
xizmatlarni
ta’minlovchilar orasidagi o‘zaro bog‘lanish ham muhim ahamiyatga ega
bo‘lishi mumkin.
Bir necha ta’minlovchilar mavjud bo‘lgan holda xizmat ko‘rsatish
sifatini ta’minlash juda murakkab bo‘lib qoladi. Bu muammoni yechishga
oxirgi foydalanuvchi oldida yagona javobgarlik (one-stop responsibility)
deb ataluvchi tushuncha yordam beradi. Boshqa ta’minlovchilarning
xizmatlarini qo‘llash 3.3-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: