257
qolish, yuqori o‘tkazish qobiliyati va yuqori ishonchlilikni (har
bir bit
birga teng) aniqlaydi. Oxirgi ikkita bit qo‘llanilmaydi. Shuni aytish
kerakki, 1990-yillarda Internet tarmoqlarida ToS maydoni qo‘llanilmagan.
3.4-rasm. IP datagramma sarlavhasining fragmenti (IPv4 turi)
“To‘liq uzunlik” maydoni 16 bit, datagrammani to‘liq uzunligini
baytlarda aniqlaydi, ya’ni paketda uzatiladigan sarlavha va ma’lumotlar
kiradi. Maydon uzunligi 16 bitga teng, datagrammaning maksimal uzunligi
2
16
-1=65535 baytga teng. Qochonki marshrutizatorlar to‘liq o‘lchamdagi
datagrammaga
ishlov bera olmasa, uning uzunligiga bog‘liq holda
datagramma bloklarga (fragmentlarga) bo‘linishi mumkin.
“Identifikator”, “Bayroq” va “Fragment ko‘rsatkichi” maydonlari
qabul qilish oxirida fragmentlardan datagrammani qayta tiklashda
qo‘llaniladi.
“Identifikator” maydoni 16 bit, belgilangan
punktda fragmentdan
datagrammani qayta tiklash imkonini beradi.
“Bayroq” maydoni 3 bit, qabul qilish oxirida datagrammani qayta
tiklash uchun qo‘llaniladi. “Fragment ko‘rsatkichi” maydoni 13 bit,
berilgan datagramma boshlanishiga nisbatan fragmentni siljishini
aniqlaydi.
“Yashash vaqti” maydoni 8 bit, tarmoqda datagrammani mavjud
bo‘lish davomiyligini chegaraviy vaqtini aniqlaydi.
Sakkiz bitli “Protokol” maydoni transport sathda qo‘llaniladigan
protokolni aniqlaydi.
“Sarlavhani nazorat yig‘indisi” maydoni 16 bit, siklik kod yordamida
sarlavhada (butun datagrammada emas, faqat sarlavhada) xatolikni nazorat
qilish uchun mo‘ljallangan. Bu tekshirish har
bir marshrutizator orqali
datagramma yoki uning fragmenti o‘tganda amalga oshiriladi.
258
Keyingi 2 ta maydon jo‘natuvchi va qabul qiluvchining adreslari
uchun mo‘ljallangan.
“Opsiya” maydoni, maksimum 4 bayt, turli vazifali testlashtirish va
nazoratni kiritish uchun qo‘llaniladi.
“To‘ldirgich” maydoni “Opsiya” qatorini 32 bit to‘liq uzunligigacha
to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
Datagramma va datagramma fragmetlarini uzatganda tarmoq
uzellarida tushib qolishi yoki yo‘qolishi mumkin, yoki alohida
fragmentlarning katta kechikishi tufayli datagrammalarni
qabul qilish
joyida uni yig‘ish jaroyonida yo‘qolishi mumkin. Shu tarzda 4-tur
qo‘llanilganda IP rejim xizmat ko‘rsatish sifatini minimal sathini
ta’minlaydi.
Biroq, hozirgi vaqtda IP-tarmoqlarda turli ko‘rinishdagi trafiklar
uzatilmoqda,
shu
navbatda
haqiqiy
vaqtdagi
interaktiv
trafik
kechikishlarga (IP ustidan so‘zlashuv, videokonferensiya, interaktiv
o‘yinlar va boshqalar), shuningdek, ishonchlilikka, ruxsatsiz ulanishdan
axborotni himoyalash va boshqalarga sezgir.
Bu talablar Internet
tarmoqlari uchun yangi protokollarni ishlab chiqishga olib keldi va bu
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida IPv6 protokoli ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: