Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   183
T

 
VoIP – texnologiyasi. 
IP tarmoq orqali so‘zlashuv signalini uzatish 
tizimi arxitekturasiga o‘tishdan avval, VoIP texnologiyasida amalga 
oshiriladigan asosiy jarayonlarni ko‘rib chiqamiz. VoIP tizimi so‘zlashuv 
signaliga nisbatan, oddiy telefon tarmoqlari singari vazifalarni bajarishi 
kerak. Bu asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 
-
uzatuvchi tomonda
- analog signalni raqamli signalga o‘zgartirish 
va raqamli signalni tarmoq orqali uzatish uchun zarur bo‘lgan ko‘rinishda 
taqdim etish (IP tarmoq orqali); so‘zlashuv signali IP protokoli paketlariga 
inkapsulyatsiyalanadi; 
-
IP tarmoqda
- telefonli chaqiriqqa xizmat ko‘rsatishni boshqarish 
(ulanishni yaratish, so‘zlashuv almashishni ta’minlash, uzish) va paketlarni 
transportlash; 
-
qabul qilish qismda
- qabul qilingan paketlardan va diskret 
signaldan analog so‘zlashuv signalini qayta tiklash. 
3.6-rasmda so‘zlashuv signali IP tarmoq orqali o‘tgandagi qayta 
ishlash jarayoni keltirilgan. Bu yyerda bloklar ko‘rinishida yuqorida sanab 
o‘tilgan vazifalar keltirilgan - kodlash, IP paketlar ko‘rinishida ifodalash, 
tarmoq orqali paketlarni uzatish, paketlarni taqsimlash va analog 
so‘zlashuv signalini qayta tiklash. 
Chaqiriqqa (ulanish, so‘zlashuv almashishni ta’minlash va uzish) 
xizmat ko‘rsatishni boshqarish. VoIP texnologiyasida telefon aloqasiga 
aynan o‘xshashi bo‘yicha abonentlar orasida ulanishni o‘rnatish zarur. Bu 
signalizatsiya tizimi bilan amalga oshiriladi, ya’ni terminal qurilma 
yordamida tarmoqda aloqa bo‘ladi, ya’ni chaqiriqqa xizmat ko‘rsatish 
uchun zarur bo‘lgan tarmoq elementlari ishini koordinatsiyalaydi va 
faollashtiradi. VoIP tarmoqda signalizatsiyani, tarmoq komponentlari 
orasida IP datagrammalarni almashishi ta’minlaydi.
Ulanish 2 ta oxirgi punktlar orasida o‘rnatiladi. Bu punktlarning 
identifikatsiyasi maxsus ma’lumotlar bazasi orqali ishlab chiqiladi. UFT 
tarmog‘i singari oxirgi punktni identifikatsiyalash uchun telefon nomerlari 
qo‘llaniladi. VoIP tarmog‘ida ham buning uchun ma’lumotlar bazasida 
saqlanuvchi IP-adres qo‘llaniladi. VoIP datagrammasini transportlash, IP 
marshrutizatorlarida so‘zlashuv paketlarini ketma-ket qabul qilish yo‘li 
orqali bajariladi. 


261 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin