14
Sxema OA tizimining turlari TOA va OOA tizimlariga xos standart
qurilmalardan (elementlardan) tashkil topgan.
OAtizimining umumlashgan tuzilish
sxemasi tarkibiga quyidagi
texnik vositalar kiradi:
1) Uzatish traktining kanal hosil qiluvchi uskuna (KHQU), u standart
o‘tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanal yoki tipli guruhli
traktlar sonini shakllanishini ta’minlaydi;
2) Traktning muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u KHQU
chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatgich parametrlari
bilan muvofiqlashtirishuchun zarur;
3) Optik uzatgich (OUz), elektr signalini optik signalga aylantirishni
ta’minlaydi;
OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 1.2 – rasmda
keltirilgan.
OUz tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Optik nurlanish manbayi (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib,
optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‘p
kanalli elektr signali bilan modulyasiyalanadi;
2. Moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish
muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar
bilan kiritish vazifasini
bajaradi;
3. Optik nurlanish manbai va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi
optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi;
4. Optik uzatish muhiti (OUM), optik nurlanishni uzatish vazifasini
bajaradi; OOA tizimida bu atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari
bo‘lishi mumkin, TOA tizimida esa optik toladir;
5. Optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab
tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni
korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsatadigan
va xizmat
ko‘rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retranslyasiya uchastkalari deb
ataladigan ma’lum masofalar oralig‘ida o‘rnatiladi; optik retraslyatorlarda
optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta
ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.q.) amalga
15
oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr
signal qaytadan optik
signalga aylantiriladi; optik retranslyatorlarda shuningdek optik signallar
ham qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida
kuchaytiriladi;
6. Optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr
signalga aylantirishni ta’minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi
qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQq)
dan iborat;
moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal
yo‘qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va
optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni
tashkil etadi;
7.Qabul qilish qurilmasining muvofiqlashtiruvchikurilmasi (MvQ), u
QqOM chiqishida signalni KHQUga mos keluvchi ko‘p kanalli signalga
aylantiradi;
8.Qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU),
teskari aylantirish, ko‘p kanalli signalni alohida
tipli kanal va trakt
signallariga ajratishni amalga oshiradi.
1.2
– rasm. OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi.
a) OUz – OA tizimi uzatish traktining tuzilish sxemasi;
KHQU
МvQ
Dostları ilə paylaş: