Telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish tahlili. Zamonaviy kirish texnologiyalari


IPTV operator tarmoqlariga talablar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə8/9
tarix29.03.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#91058
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o\'ndirislik a\'meliyati

IPTV operator tarmoqlariga talablar
Texnik tomondan IPTV tarmog‘ining kuyidagi asosiy foydalanuvchi funksiyalarni ajratish mumkin:

  • oqimli audio va video xizmatlarini taqdim qilish;

  • "so‘rov bo‘yicha video";

  • Internetga chiqishni ta’minlash;

  • Elektron pochtani ishlashi;

  • Axborot resurslarini to‘plash va ularga chiqishni ta’minlash.

Ovoz va videoni sifatli uzatishni tashkil etish uchun echimlar kuyidagi asosiy talablarni qondirishi kerak:

  • Real vaqtning transport protokollarini qo‘llab - quvvatlash;

  • Xizmat sifatini kerakli mexanizmlarini ta’minlash.

Tarmoq xizmatlari uchun axborot manbalari sifatida kuyidagilar ko‘riladi:

  • Yo‘ldosh teleporti, Erning sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan translyasiya qilinuvchi TV-dasturlarni etkazib beradi;

  • O‘zining studiyalaridan TV-dasturlarni yoki sotib olingan TV-dasturlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish;

  • videoserverlar;

  • boshqa axborot resurslarni serverlari (o‘yinlar, MPEG-3 formatidagi audioyozuvlar, elektron kitoblar, dasturlar, boshqa fayllar);

  • Internetni tashkil qiluvchi umumiy foydalanish tarmoqlarining resurslari.

Buyurtmali video» xizmati (Video on Demand) – operatorning video-serveridan film abonentga u belgilagan vaqtda translyasiya qilinadi.
«Virtual kinoteatr» xizmatidan farqli ularoq bu erda filmlar soni juda ko‘p va bir necha mingtani tashkil qilishi mumkin. Virtual videopleerning qator juda qulay foydalanuvchi funksiyalari paydo bo‘ladi – oldinga va ortga o‘tkazish, to‘xtatish. Bu xolda trafik xajmi filmlar miqdoriga emas, bu xizmat foydalanuvchilari miqdoriga bog‘liq, chunki abonentga videma’lumotlarni «unicast» IP-manzillash texnologiyasi bo‘yicha “shaxsiy” translyasiya qilishdan foydalaniladi.
«Shaxsiy videomagnitofon» xizmati (Personal Video Recorder) – operator videoserverida abonentga ma’lum miqdordagi xotira ajratiladi va videomagnitofonga o‘xshash teledasturlarni raqamli yozib olish va ko‘rsatish funksiyali interfeys taqdim etiladi. Abonent o‘z xoxishiga ko‘ra o‘zining shaxsiy yozuvlarini yozishi, o‘chirishi, ko‘rishi, o‘tkazishi mumkin. Bu erda xam IP-unicast texnologiyasi ishlatiladi.



7-rasm IPTV qurilmalari

8-rasm IPTV ga ulanish sxemasi


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin