O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR” FAKULTETI
1
– BOSQICH “TT 13-23”- GURUH TALABASINING
“
DINSHUNOSLIK
”
FANIDAN TAYYORLAGAN
Mustaqil ishi №1
Bajardi:
D.Majidov
Qabul qildi:
D.Mamatqulova
QARSHI 2023
MAVZU: DIN ITIMOIY MADANTY HODISA SIFATIDAGI
AHAMIYATI
REJA:
1.
Dinning inson va jamiyat hayotidagi o'ri va ahamiyati
2.
Dinning tuzilishi va funksiyalari
3.
Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuv
1.
Dinning inson va jamiyat hayotidagi o'ri va ahamiyati
Din insoniyat taraqqiyotiga qadimdan ta’sir o’tkazib kelmoqda va ko’p qirrali va
teran hodisa sanaladi. Xalqlarning ma’naviy yuksalishida ham dinlarning o’rni
beqiyosdir. Chunki insonlarning ma’naviy yuksalishida jahon, milliy va ibtidoiy
dinlardagi insonparvarlik g’oyalari, diniy
-axloqiy tamoyillari muhim ahamiyatga
ega.
1
Diniy bag’rikenglik
-tinchlik va barqarorlik garovi hisoblanadi. Bu turli
madaniyatga mansub aholi vakillari o’zaro ahil va inoq yashab kelayotgan
bizning vatanimiz O’zbekistonda hukm surmoqda. Biz buni har jabhada
ko’rishimiz mumkin. Har bir xalqning dinlarga bo’lgan hurmati ularning
hamjihatlikda yashashini mustahkamlamoqda. Diniy dunyoqarash dastlabki
dinlarning vujudga kelishiga turtki bo’lgan. dunyoqarashning tarixiy turlaridan
biri bo’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g’ayritabiiy kuchl
arga ishonish va ularga
sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosini xudo yaratganini va
boshqarishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga e’tiqoddan iboratdir. Diniy
dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib borilgan. Dastlabki
dinlar ijtidoiy jamiyat davrida yuzaga kelgan va turli tip, shakllarda rivojlangan,
turli hodisalar negizida g‘ayritabiiy
kuchlar yashiringan deb o‘ylashlari
natijasida yuzaga kelgan. Chunki bu davrda inson tabiatni, atrofdagi olamni
anglashga urungan.
Totemizm-
insonlarni o’simliklarga va yovvoyi hayvonlarga qarindoshligi borligi
haqidagi qarashlardan biridir. Bu ham turli urug’larda turlicha rivojlanib borgan.
Animizm-
odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va
ruhlarning mavjudligiga
bo’lgan e’tiqod sanaladi va
insonlarning o’sha davrdagi hayotida tashqi dunyo
bilan aloqasida katta ahamiyat kasb etgan.
Fetishizm-Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad
keltirishiga yoxud
baloqazolarni bartaraf etishiga bo’lgan e’tiqoddir. Bu qarashlarni qisman
hozirgi hayotda ham uchratamiz.
Bulardan tashqari avlodlar ruhiga sig’inish, jodu va duoxonlik ham o’sha davrga
xos holat sanalgan. Davrlarning rivojlanishi, inson ongining takomillashib
borishi, aholining hayoti yaxshilanishi, davlatlar o’rtasidagi o’zaro
munosabbatlar natijasida dunyoda 3 yirik din yuzaga keladi va hozirga qadar
insoniyat taraqqiyotida ularni birlashtiruvchi omil bo’lib kelmoqda.
Islom dini- VII-
asrda Arabiston yarimorolida paydo bo’lgan jahon dinlaridan
biri. Islom dinida xalqning majburiyatlari va ular oldida turgan bir qator tarixiy
vazifalar keltirib o’tilgan. Islom dini tartib
-
qoidlari muqaddas kitob “Qur’oni
Karimda” yozib qoldirilgan. Islom dini qabilaviy xudolar va ma’budalarga
sig’inish davrida yuzaga kelgan. Ammo bu dinda yakka xudo Allohgagin
a iymon
keltirish aytib o’tilgan. Islom dinining yuzaga kelishidagi mashaqqatlar uning
dunyo bo’ylab tarqalishida ham yuz berdi, hamda arablar bu ishning uddasidan
chiqaoldilar. Hozirda manbalarga ko’ra 1,8 milliarddan ortiq kishi Islom diniga
e’tiqod qila
di va dunyoning 125 mamlakatiga tarqalgan.
Buddizm dini- qadimgi jahon dinlaridan biridir. Miloddan avvvalgi VI-Vasrlarda
Hindistonda paydo bo’lgan. Diniy e’tiqodlar bilan boy bo’lgan san’at shakllari
rivojlanishi buddizmning paydo bo’lishi uchun sharoit
yaratgan. Buddizm dinida
o’simliklarga, hayvonlarga va atrofdagi jamiiyki jonzodlarga ehtiyotkorona
munosabatda bo’lish belgilab berilgan. Budda dini dunyoda aholi soni bo’yicha
birinchi o’rinda turuvchi davlati Hindistonning davlat dinidir. Budda dini or
qali
unga e’tiqod qiluvchi xalqlarning san’atini, yashash tarzini ko’rishimiz mumkin.
Xristian dini- Milodning I-asrida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi
yahudiylar o’rtasida paydo bo’lgan. Jahonda 2,5 milliard kishi e’tiqod qiladi.
Xristian di
ni shaxs manfaatidan ko’ra umumiy manfaatlarni afzalroq ko’rishni
talab etishi, tenglik g’oyalari tufayli aholining turli qatlamlari orasida keng
tarqalgan. Tarixda Xristian dinining paydo bo’lishi antik davr sivilizatsiyasining
inqirozini boshlab bergan. Xristian dinining provaslavlik, protestantlik, katolik
oqimlari mavjud va dunyoning turli burchaklariga tarqalgan.
Diplomatik aloqalarning natijasida “diniy bag’rikenglik” g’oyasining ilgari
surilishi bir davlatda boshqa din vakillarining tich-totuv, erki
n va an’analariga
sodiq tarzda yashashiga imkon yaratmoqda. O’zbekiston Respublikasining 37
mln bo’lgan aholisi 130 dan ortiq millat va 16 ta diniy konfessiyaga mansubdir.
Virtual olamdagi yod g’oyalardan saqlanish uchun davlatlar o’rtasida
qilinayotgan o’
zaro hamkorliklarning barchasi davlatlar aholisining xavfsizligi
uchundir.
Dostları ilə paylaş: |