Telekommunikatsiya texnologiyalar


Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuv



Yüklə 284,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü284,53 Kb.
#174506
1   2   3
O

3.
Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganishga asosiy yondashuv 
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishga asosiy 
yondashuvlar 
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganish qadimdan insoniyatni 
qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o‘zining dolzarb ahamiyatini 
yo‘qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar 
paydo bo‘lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib 
kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma’lumotlar ilmiy xulosa 
chiqarishimiz uchun yetarli emas.Qadimgi davrlardan dinni o‘rganishda 
muammoga yondashuv va ularnihal etish usullari bilan o‘zaro farq qiladigan 
ilohiyot va ilmiyyo‘nalishlar yuzaga kelgan. 
Ilohiyot ta’limotiga ko‘ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni 
xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan 
yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo‘lgan xristianlik ta’limotiga binoan 
xudo insonni o‘zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga 
egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham 
yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan. Lekin, Odam Ato 
(Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo‘l 
qo‘yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo‘ldi. 


Lekin xudo insonga xalos bo‘lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni 
bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, insonning 
xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo‘lidagi faoliyati umumiy 
nom bilan din deb ataladi.Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo‘lganidan 
keyin jaholat,zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor 
kuchlarga qarshitinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga 
duchor bo‘lganinson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu 
boradagi dastlabkiqadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan.Injilda qayd 
etilishicha, insondastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli 
mehnat bilan 
topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag‘ishlagan va yo‘l qo‘ygan 
xatosi uchun har qanday sinovlardan o‘tishga tayyorligini namoyish etgan. 
Ilohiyot insoniyat tarixini xudoni bilish tarixi deb biladi. Odamzod 
asrlar davomida xudoni bilishga intilib, moddiy dunyo to‘g‘risidagi 
bilimlarini takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani 
yo‘q.Kishi xudoga e’tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig‘inishdan 
boshlagan. Keyinchalik turli obyektiv va subyektiv sabablar tufayli tabiat 
voqeliklarini ilohiylashtirgan va ko‘pxudolik paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt 
davom etgan izlanishlardan keyin yagona xudoga sig‘inish yana qayta 
tiklandi. Ilohiyot an’analariga asoslanadigan dinshunoslar din tarixini 
yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida o‘rganadi. 
Fan dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishda boshqa prinsip va 
qonuniyatlarga asoslanadi. Olamning g‘ayritabiiy kuch faoliyati natijasida 
paydo bo‘lganligi g‘oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy 
qismi sifatida ilmiy uslublarga tayanib o‘rganadi. Dinni ilmiy o‘rganish 
dalillarga asoslanadi. Dinshunoslik bu dalillarni tabiiy va ijtimoiy 
fanlardan oladi. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyat hozirgi holatga ega bo‘lishi uchun 
bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o‘tgan. Bu jarayon 
bir qator bosqichlarga bo‘linadi. Miloddan avvalgi 40–35-ming yilliklarda 
«Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o‘rnini «Xomo sapiyens» (ongli 
odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki vakili «kromanyon 
odam» ajdodlaridan jismoniy tuzilishi, fiziologik va ruhiy imkoniyatlari 
bilan keskin farq qilgan. Shu davrdan boshlab madaniyatning muhim 
elementlari til orqali muloqot qilish, qon-qardoshlik aloqalari, o‘zaro 
munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish singari madaniyat 
elementlari vujudga kelgan. 
Bizgacha yetib kelgan arxeologik manbalarning tasdiqlashicha, yuqori paleolit 
davridan boshlab odamlar vafot etgan urug‘doshlarini ko‘mish marosimini 
amalga oshirganlar. Marhumlarning tanasiga rangli bo‘yoq 
surtilgan, qabriga ov va mehnat qurollari, maishiy buyumlar qo‘yilgan. Qoya 
va g‘orlarda chizilgan sujetlarda odamlar yarim odam va yarim hayvon 
qiyofasida tasvirlangan. Ushbu ma’lumotlar ham o‘sha vaqtda dinning paydo 


bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy o‘rganish qadimgi davrlardan 
boshlangan. Dastlabki ilmiy qarashlar Qadimgi Sharq va Qadimgi O‘rta Yer 
dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta Yer dengizi havzasida 
vujudga kelgan Qadimgi Grek va Rim sivilizatsiyalarida dinning vujudga 
kelishini ilmiy o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Qadimgi grek 
mutafakkirlari bunga munosabat masalasida ikki oqimga bo‘linadi. Birinchi 
oqim tarafdorlari odamlarning xudoga e’tiqod qilishi sabablarini ruhiy (ideal) 
kuchlarning obyektiv mavjudligi bilan bog‘lab tushuntirganlar; ikkinchi 
oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini 
axtarib topishga harakat qilganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, din o‘z-o‘zidan 
(immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni qo‘rqitish va jamiyat 
qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o‘ylab topilgan. Qadimgi grek 
mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Demokrit dinni odamlarning tabiatdagi 
dahshatli kuchlardan qo‘rqishlari va ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga 
kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo‘lmaydi, lekin xudoga 
munosabatda odamlarda ko‘proq qo‘rqinch hissi emas, balki mehr-muhabbat 
tuyg‘usi ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo‘rqinch hissining odamda nafratni 
vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak. 
Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy 
borliq bilan uzviy bog‘lab tushuntirishda erishgan yutuqlari ilmiy 
dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.O‘rta asrlarda 
ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinningiqtisodiy, siyosiy va 
madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi.Cherkov va ruhoniylar 
dunyoviy hokimiyatga da’vogarlik qilish bilanbirga hurfikrlikning har qanday 
ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar.Mutafakkirlarning haqiqatni izlash 
yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniydogmalar doirasidan chetga chiqishga yo‘l 
qo‘yilmadi.Yevropada Uyg‘onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiyhayotda amalga oshirilgan o‘zgarishlar (kapitalistik 
munosabatlarningvujudga kelishi va rivojlanishi, fan va san’atning yuksalishi, 
gumanizm vareformatsiya harakatlari) natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta 
tiklanaboshlagan. Ingliz mutafakkiri Tomas Gobbs (1588–1679 yillar) 
dinningvujudga kelishi sabablarini odamlarning tabiat va jamiyat 
rivojlanishiqonuniyatlarini bilmasligi, ular oldidagi ojizligi, doimo tahlika va 
qo‘rquvdayashashlari bilan bog‘lab tushuntirgan. Niderlandiyalik mutafakkirB. 
Spinoza esa (1632–1677 yillar) T. Gobbsning g‘oyalarini rivojlantirgan.Uo‘z 
kuchiga ishonmaslik, umid va qo‘rquv o‘rtasida doimiy ikkilanishodamlarga 
xos deb hisoblagan va diniy e’tiqodning ular ta’sirida vujudgakelgani 
to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan. 
XVIII asrda feodal tuzum inqirozi sababli burjua revolutsiyalarining 
yangi kuch bilan Yevropada yoyilishi mutafakkirlarning dingamunosabatida 
o‘ta keskin namoyon bo‘lgan. Din – feodal tuzumninginqirozi sababchisi va 
ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch, degankayfiyat ustuvorlik qilgan. 


Bunday fikr ayniqsa fransuzma’rifatparvarlarining qarashlarida keskin namoyon 
bo‘lgan. Ma’rifatparvarP. Golbax (1723–1789) dinni kishining xayolida 
vujudga kelgan 
safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va 
cherkovan’analarini tanqid qilib, agar din bo‘lmaganida uni o‘ylab topish 
kerakedi, deb P. Golbaxning fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Ma’rifatparvarP. S. 
Mareshal (1750–1803) dinni tanqid qilishda yanada keskin fikrbildirgan va din 
inson uchun afyundir degan xulosaga kelgan.Ma’rifatparvar mutafakkirlarning 
din vujudga kelishi sabablarini 
o‘rganishda aytgan mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi.Lekin 
ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-obyektiv yondashuvlaribuzilganligi 
shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelikyoki inson uchun 
afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatinito‘liq inkor etishdan 
boshqa hech narsa emas. Ayni damdama’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-
da, dinning vujudga kelishiniijtimoiy hayot bilan bog‘lab tushuntirishga 
urinishlari antik davr 
hurfikrligining qayta tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega 
bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.XIX asrda dinning mohiyati va 
vujudga kelishi sabablarini komplekso‘rganish boshlagan. Ilmiy dinshunoslik 
maktablari, yo‘nalishlari vata’limotlari paydo bo‘lgan. Birinchilar qatorida V. 
Grimm, M. Myuller kabishaxslar rahbarligida mifologik maktab vujudga 
kelgan.Ushbu maktabvakillari diniy e’tiqodlarni qadimgi munajjimlar 
bajarganlar va afsonalardata’riflangan marosimlarni o‘rganishdan paydo 
bo‘lgan deb hisoblaganlar. 


Xulosa: 
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan 
maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan 
din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan 
ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr 
va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Har qanday 
jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning 
ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida 
saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik 
vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan 
qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz 
qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini 
taʼminlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu 
dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U 
umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga 
aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam 
beradi.Din insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib 
kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. Dinni jamiyatning 
hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki din hamda 
dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin 
oʻtmishda — shoʻrolar davrida dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati 
olib borildi. 


Foydalanilgan manbalar: 
http://fayllar.org
http://kompy.info
http://hozir.org

Yüklə 284,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin