Olingan tasvirni ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan tasvir bilan solishtirish – bunda yuqoridagi bosqichda olingan natijalar: R1, R2, R3 radiusli aylanalardagi kesishishlar soni n, m, k; aylanalarda hosil qilingan ko’pburchaklar perimetri
P1,P2, P3 lar ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan ushbu kattaliklar bilan taqqoslanadi. Ushbu kattaliklar o’zaro mos tushsagina shaxs tasdiqlanadi.
Ushbu keltirilgan shaxsni tanish algoritmi ustida respublikamizdagi bir nechta olimlar guruhi ish olib bormoqdalar va ushbu sohada ijobiy natijalarga erishilmoqda.