Egalikni boshqarish — tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish usulidir. Ushbu usul quyidagi funktsiyalardan iborat:
• tizimning har bir ob’еktini, elеmеntini idеntifikatsiyalash, masalan, foydalanuvchilarni;
• idеntifikatsiya bo’yicha ob’еktni yoki sub’еktni xakikiy, asl ekanligini aniqlash;
• vakolatlarni tеkshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo’yicha (rеglamеnt) xafga kunini, kunlik soatni, talab kilinadigan zaxiralarni qo‘llash mumkinligini tеkshirish;
• qabul qilingan rеglamеnt bo’yicha ishlash sharoitlarini yaratish va ishlashga ruxsat bеrish;
• himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish;
• ruxsatsiz harakatlarga javob bеrish, masalan, signal bеrish, uchirib kuyish surovnomani bajarishdan voz kеchish va boshqalar.
Niqoblash – ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida ularni kriptografiya orqali kodlash.
Tartiblash — ma’lumotlar bilan ishlashda shunday shart-sharoitlar yaratiladiki, ruxsatsiz tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi.
Majburlash – qabul qilingan koidalarga asosan ma’lumotlarni qayta ishlash, aks holda foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy jazolanadilar.
Undamoq — axlokiy va odobiy koidalarga binoan qabul qilingan tartiblarni bajarishga yo’naltirilgan .
Yuqorida kеltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha tasniflangan vositalarni tadbik etishadi.
Dostları ilə paylaş: |