Optik sikulatorlar Faradey hodisasidan yana bir turdagi tolali optik qurilmalar — optik sirkulatorlarni tayyorlashda ham foydalaniladi. Optik sirkulatorlar bitta kirish va bitta chiqishga ega bo'lgan ikki portli optik izolatorlardan farqli ravishda 3 yoki 4 portli qurilma bo‘lib, ular bitta kirish va ikkita chiqish yoki ikkita kirish va ikkita chiqishga ega bo‘lishi mumkin. Optik tola bo'ylab tarqalayotgan nurlanishning bu portlar orasidagi taqsimoti uning tarqalish yo'nalishi bilan aniqlanadi. 5- rasmda 3-portli va 4portli sirkulatorlarning sxemasi keltirilgan. Sxemasi 5-a rasmda keltirilgan T-tusdagi sirkulator quyidagi xususiyatlarga ega. Unda 1-portga kiritilgan nurlanish, 2-portga boradi. Biroq 2-portga kiritilgan nurlanish 1-portga qaytmaydi, balki 3-portga boradi, 3-portga kiritilgan nurlanish 2- portga bormaydi. 5- b rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha tayyorlangan sirkulator quyidagi xossalarga ega: 1-portga kiritilgan nurlanish 2-portga horadi, 2-portga kiritilgan nurlanish 3-portdan chiqadi, 3-portga kiritilgan nurlanish 4-portga boradi. 4- portga kiritilgan nurlanish l-portga bormaydi. Boshqacha aytganda, bu turdagi sirkulator ikkiga parallel ulangan F-tusdagi sirkulator vazifasini o‘taydi.