Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari


 To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichning tuzilish sxemasi



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

 
10.3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichning tuzilish sxemasi 10.3- 
rasmda keltirilgan. Yuqorida bayon etilgan radioqabul qilgichdan bu radioqabul 
qilgich radiochastota kuchaytirgichning (RChK) borligi va buning natijasida
sezilarli katta sezgirlik va tanlovchanlik bilan ajralib turadi. Kirish zanjiri va 
RChKning tanlovchan zanjirlari qabul qilinadigan radiosignal chastotasiga 
sozlanadi va bu chastotada kuchaytirish amalga oshiriladi, binobarin, KZ chastota 
bo‘yicha dastlabki tanlovchanlikni, RChK esa chastota bo‘yicha asosiy 
tanlovchanlik va signalning sezilarli kuchaytirilishini ta’minlaydi. Radioqabul 
qilgichning sezgirligida asosiy rolni uning o‘z shovqini o‘ynaydigan diapazonlarda 
RChK sifatida kam shovqinli kuchaytirgichlardan (KShK) foydalaniladi. Bunday 
F
м
 
КZ
 
D
 
MChK
 
f
s
 


152
qabul qilgichni chastota bo‘yicha qayta sozlash barcha KZ va RChK rezonans 
tizimlarini muvofiqlashtirilgan qayta sozlanishini talab qiladi. 
 
10.3- rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli radioqabullash qurilmasining tuzilish 
sxemasi 
 
 
10.4. Supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Radiotexnikada revolyusiya amerikalik ixtirochi Edvin Armstrong 1913 yilda 
supergeterodinli qabul qilgich sxemasini taklif qilganda bo‘lib o‘tdi. Sxema 
shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, hozirgi vaqtgacha o‘ntadan to‘qqizta qabul 
qilgichlar bu prinsipda ishlayapti. Supergeterodin jumboqli so‘zining ma’nosi 
shundan iboratki
kirish konturi ajratgan yuqori chastotali signal dastlab bu 
turdagi qabul qilgich uchun o‘zgarmas bo‘lgan boshqa chastotaga o‘zgartiriladi

keyin esa 
oraliq chastota
deyiladigan bu chastotada asosiy signalni kuchaytirish 
va boshqa ikkinchi darajali signallarni kuchsizlantirish amalga oshiriladi (10.4- 
rasm).
Shunday qilib, qabul qilgichning ko‘plab ko‘rsatkichlarini sezilarli 
yaxshilashga qabul qilingan signal chastotasini unga eng katta samaradorlikda 
ishlov berilishi mumkin bo‘lgan chastotalar sohasiga o‘tkazish prinsipi asosida 
erishiladi. Barcha radiodiapazonlarda bu prinsip asosida qurilgan supergeterodinli 
qabul qilgich sxemasi eng keng qo‘llanadi. Bunday qabul qilgichda 
f
s
chastota 
signallari aralashtirgich (Ar) va yordamchi tebranishlar generatori – geterodindan 


153
(G) tashkil topgan chastota o‘zgartirgichida (ChO‘) qayd etilgan 
f
or
oraliq 
chastotaga o‘zgartiriladi, bu chastotada asosiy kuchaytirish va chastota bo‘yicha 
tanlovchanlik amalga oshiriladi. 
10.4- rasm.
 
Supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi 
Chastotani bir marta o‘zgartirishli supergeterodinli qabul qilgichning eng 
to‘liq tuzilish sxemasi 10.5- rasmda keltirilgan. 
10.5- rasm. Supergeterodinli qabul qilgichning blok-sxemasi

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin