Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari


 RADIOQABUL QILGICHLARNI QURISH TUZILISH SXEMALARI



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

10. RADIOQABUL QILGICHLARNI QURISH TUZILISH SXEMALARI 
10.1. Radioqabul qilgichning eng oddiy tuzilish sxemasi 
Radioqabul qilish qurilmalarining tuzilish sxemalari, avvalo, yuqori chastota 
traktini (YuChT) bajarilishi bo‘yicha farqlanadi. Eng oddiy radioqabul 
qilgichning tuzilish sxemasi 10.1- rasmda keltirilgan. Antenna orqali qabul 
qilingan radiosignal yuqori chastotali traktga beriladi va unda chastotaviy
tanlovchanlik va kuchaytirish amalga oshiriladi. Shuningdek, chastotani 
o‘zgartirish, amplitudaviy va vaqt bo‘yicha tanlovchanlik amalga oshirilishi
mumkin. Detektor qabul qilingan modulyatsiyalangan signallarni uzatilgan
xabarga mos kuchlanishga o‘zgartiradi. Past chastota traktida signallarni
kuchaytirish, halaqitlar ta’sirini so‘ndirish uchun qo‘shimcha o‘zgartirish,
dekodlash va xabarlarni ajratish (ko‘p kanalli tizimlarda) amalga oshiriladi.
10.1- rasm. Radioqabul qilgichning eng oddiy tuzilish sxemasi
10.2. To‘g‘ridan – to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Eng oddiysi to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichni qurish prinsipi 
hisoblanadi, uning tuzilish sxemasi 10.2- rasmda keltirilgan. 
Rezonans tizim yoki filtr ko‘rinishidagi kirish zanjiri (KZ) radioqabul 
qilgichning chastota bo‘yicha tanlovchanligini ta’minlaydi, qabul qilinadigan 
signal chastotasiga sozlash, KZni qayta sozlash yoki qayta ulash orqali amalga 


151
oshiriladi. Radioqabul qilgichning tuzilishini jiddiy soddalashtirishga olib 
keladigan, lekin bir vaqtda uning past sezgirligi va tanlovchanligiga bog‘liq 
bo‘lgan detektorgacha signalni kuchaytirishning bo‘lmasligi prinsipial hisoblanadi. 
Bunday sxemaning ko‘rsatilgan kamchiliklarini modulyatsiyalash chastotasi 
kuchaytirgichining (MChK) bo‘lishi bilan tuzatib bo‘lmaydi. Shu tufayli hozirgi 
vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichlar deyarli faqat millimetrli, 
detsimillimetrli va optik to‘lqinlar diapazonlarida qo‘llanadi. 
10.2- rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasi 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin