Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari


 Radiochastota kuchaytirgichlariga talablar



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

11.2. Radiochastota kuchaytirgichlariga talablar 
Tanlovchi tizim sifatida esa tebranish konturi ishlatiladi. Ayrim paytlarda 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tebranish konturlari ham qo‘llaniladi.
Tanlovchi va aloqa zanjirlari o‘zaro birgalikda kaskadlararo aloqa 
zanjirlarini tashkil etadi va bu zanjirlarga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
− 
kuchaytirgich asboblarining chiqishidagi qarshilik bilan kelgusi 
kaskadning kirish qarshiligini o‘zaro moslash;
− 
kuchaytirgich asboblari energiyasini yuklamaga uzatish;
− 
kerakli chastota uzatish yo‘li va tanlovchanlikni ta’minlab berish.
Bunda aloqa zanjirlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
− 
RChK chiqish qarshiligi va keyingi kaskad kirish qarshiligini o‘zaro 
moslash;
− 
kuchaytirish asboblari energiyasini yuklamaga uzatish;
− 
kerakli chastota uzatish yo‘li va tanlovchanlikni ta’minlash.
RChKga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Kuchaytrish 
asbobi
 
Keyingi kaskad
 
L
 
С
 
U
1
 
U
2
 


162
− 
o‘z shovqinini kamaytirish va quvvat bo‘yicha katta uzatish 
koeffitsientini ta’minlash;
− 
tanlovchanlik koeffitsientining sifatini, nafaqat asosiy kanal bo‘yicha, 
balki signali ham oraliq chastota kanallari bo‘yicha ta’minlash;
− 
geterodin signalini antenna zanjiriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va 
h.q.
11. 3. Radiochastota kuchaytirgichlarining tasniflanishi 
Radiochastota kuchaytirgichlari o‘ziga xos belgilari bo‘yicha quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
-
ishlatiladigan kuchaytirish elementi bo‘yicha: lampali, tranzistorli
tiristorli, kvantli, paramagnit (O‘YuCh vakuumli asboblar – klistronlar, 
magnetronlar, yuugurma to‘lqin lampalarida) va boshqalar; 
-
kuchaytirish elementining ulanish sxemasi bo‘yicha: A, V, AV, S va 
boshqa rejimlarda ishlaydigan UBli kuchaytirgichlar, UEli kuchaytirgichlar, UKli 
kuchaytirgichlar; 
-
tanlovchan tizim bilan aloqaning turi bo‘yicha: to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
transformatorli, avtotransformatorli va sig‘imli; 
-
tarkibidagi kaskadlar soni bo‘yicha: bitta kaskadli va ko‘p kaskadli;
-
yuklama turi bo‘yicha: rezonansli yoki aperiodik. 
Radiochastota kuchaytirgichi radioqabul qilish qurilmasining kirishi turar 
ekan, u holda uning shovqin xarakteristikalari va dinamik diapazoni asosan butun 
qurilmaning xarakteristikalarini aniqlaydi. Aynan radiochastota kuchaytirgichining 
shovqin koeffitsienti radioqabul qilgichning sezgirligini aniqlaydi. 


163
Zamonaviy elementlar asosini mikrominiatyurizatsiyalanishi va unga bog‘liq 
radioqabul qilish qurilmalari tugunlarining mikrominiatyurizatsiyalanishi tufayli 
hozirda O‘YuCh diapazonda ilgari pastroq chastotalarda qo‘llangan sxemotexnik 
yechimlarning qo‘llanishi mumkin bo‘ldi. Bu shunga bog‘liqki, blokning ishchi 
tebranishlar to‘lqin uzunligiga nisbatan o‘lchamlari to‘lqin uzunligining o‘ndan bir 
qismidan kichik bo‘lib qolmoqda va natijada bu blokni ishlab chiqishda 
tebranishlarning tarqaishidagi to‘lqin samaralarini e’tiborga olmaslik mumkin. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin