183
traktidagi tebranishlarni O‘YuChda geterodinga tushishi
qabul qilish qurilmasining
bu funksional tugunlari orasidagi parazit sxemaviy va konstruktiv aloqalari tufayli
bo‘lishi mumkin.
Balansli aralashtirgich ikkita qarama-qarshi ulangan diodlardan iborat.
Bunday konfiguratsiyada geterodin yoki YuCh-portdan diodga keladigan shovqin
komponentlari boshqa diodda qarama-qarshi yo‘nalishda generatsiyalanadi va
ChO‘ chiqishida deyarli to‘liq kompensatsiyalanadi.
Halqali balans aralashtirgich odatda 12.9- rasmda ko‘rsatilganidek,
ulangan
to‘rtta diodlar asosida quriladi. Bunday konfiguratsiya
tasodifiy halaqitlarni juda
yaxshi so‘ndirilishini va barcha portlar orasida yaxshi izolyatsiyani ta’minlaydi.
Simmetrik ulanish tufayli geterodin kuchlanishi YuCh-kirishdan izolyatsiyalangan,
bu YuCh kuchlanishni geterodin chiqishida paydo bo‘lishini oldini oladi.
12.10- rasm. Halqali balans aralashtirgich
12.3. Tranzistorli signallar aralashtirgichlari sxemalari
Tashqi
geterodinli
tranzistorli
chastota
o‘zgartirgichlarining
oddiy
o‘zgartirishdagi qurishni ko‘rib chiqamiz. Eng oddiy bunday o‘zgartirgichning
sxemasi 12.11- rasmda keltirilgan. Bunday o‘zgartirgichda
U
c
signal
umumiy
emitter sxemasida ulangan aralashtirgich tranzistorining bazasiga beriladi. Bunday
ulanishda signal kuchlanishi uchun aralashtirgichning kirish o‘tkazuvchanligi UBli
sxemadagiga qaraganda kichik bo‘ladi.
184
U
G
geterodin kuchlanishi aralashtirgich emitteri
zanjiriga beriladi va
geterodinga nisbatan aralashtirgich UB sxemasi bo‘yicha ulangan bo‘lib qoladi,
chunki signal zanjiri geterodin tebranishlari uchun qisqa tutashuv hisoblanadi.
Asosiy signal va geterodin signalini turli elektrodlarga berilishi ularning zanjirlari
orasidagi
aloqani
kuchsizlantiradi
va
bunda
aralashtirgichning
kirish
o‘tkazuvchanligi va geterodinning iste’mol
quvvati oshsada, geterodin
chastotasining stabilligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: