Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

chastotaning surilishi
vujudga keladi (13.13- rasm). Agar bu surilishi telefon signali uchun 10 Gs dan 
oshmasa, u holda oluvchi uni sezmaydi. Bu yerdan BPMi aloqa tizimlarining 
generator qurilmalari stabilliklariga qat’iy talablar kelib chiqmoqda.
13.13- rasm. Aloqa kanalidagi chastotalarning surilishi jarayoni
 
 


198
13.4. Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
ChM signallarni detektorlash kogerent va nokogerent qabul qilishda amalga 
oshirilishi mumkin. Nokogerent qabul qilishda ChM signallarni detektorlashni 
ko‘rib chiqamiz. Bu holda detektorlash quyidagi ikkita bosqichda amalga 
oshiriladi: 
− 
chastotaviy modulyatsiyalangan signalni amplitudaviy chastotaviy 
modulyatsiyalangan signalga (AChM) o‘zgartirish; 
− 
AChM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash. 
ChM signallarni detektorlash prinsipial sxemasi 13.14- rasmda keltirilgan. 
ChM signal chastotasi ortganida, u konturning 
ω
rez
rezonans chastotasiga 
yaqinlashadi va 
u
K
(t)
tebranish amplitudasi ortadi. ChM signal chastotasi 
kamayganida konturning 
ω
rez
rezonans chastotasidan uzoqlashadi va 
u
K
(t)
tebranish amplitudasi kamayadi. Shunday qilib, konturning chiqishidagi tebranish 
modulyatsiyalangan signal bo‘lib, unda ham amplituda, chastota o‘zgaradi (AChM 
signal). Keyin signal amplitudaviy detektor orqali detektorlanadi. 
13.14- rasm. ChM signallarni detektorlash prinsipal sxemasi 
Bu detektorda ChM signalni AChM signalga o‘zgartirish L1C1 tebranish 
konturi yordamida amalga oshiriladi. Kontur tashuvchi chastotaga nisbatan


199
sozlanmagan, ya’ni uning rezonans chastotasi tashuvchi signalning chastotasiga 
teng emas (13.15- rasm). 
13.15- rasm. ChM signallarni detektorlash vaqt diagrammalari
Bu detektorning detektorlash xarakteristikasi 13.16- rasmda keltirilgan. Bu 
xarakteristika chiziqli hisoblanadi, demak, bu detektor orqali detektorlashda 
modulyatsiyalovchi signal nochiziqli buzilishlarga ega bo‘ladi. 
13.16- rasm. Bir taktli chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasi 
Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) chastotaviy 
detektorlash sxemasi ishlatiladi (13.17- rasm).


200
13.17- rasm. Balansli CHD sxemasi 
Bu detektorda har ikkala tebranish konturlari tashuvchi chastotaga nisbatan 
o‘zaro sozlanmagan va turli ω
rez1 
va ω
rez2 
rezonans chastotalarga ega, konturlarning 
xarakteristikalari 13.18- rasmda keltirilgan. 
Natijada ω
rez1 
va ω
rez2 
rezonans chastotalar orasida detektorlash uchun 
ishlatiladigan chiziqli oraliqqa ega bo‘lgan xarakteristikani olamiz. 
Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi 13.19- rasmda keltirilgan. 
13.18- rasm. Balansli detektor tebranish konturlarining chastotaviy bog‘liqligi 


201
13.19- rasm. Balansli detektorning chastotaviy xarakteristikasi

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin