6
KIRISH
O‘zbekiton Respublikasida dolzarb masalalarni kompleks o‘rganish,
amaldagi
qonunchilik, qonunchilikda qo‘llanadigan amalyot va ilg‘or horij
tajribasini tahlil qilish, shuningdek keng jamiyat muhokamasi yakunlari bo‘yicha
“2017 — 2021 yilarda O‘zbekiston Respublikasini beshta ustuvor rivojlantirish
yo‘nalishlari harakatlar strategiyasi” qabul qilingan. Strategiyada davlat va jamiyat
qurilishini
takomillashtirish, qonun ustunligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
keyingi isloh qilish, iqtisodni rivojlantirish va librallashtirish,
ijtimoiy sohani
rivojlantirish, xavfsizlik, millatlaro totuvlik va diniy tolerantlikni ta’minlash,
o‘ylangan, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish ko‘zda
tutilgan.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaidan biri ta’lim va fan
sohasini
rivojlantirish hisoblanadi, u ta’lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini ularni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni
o‘tkazish yo‘li bilan mustahamlash, zamonaviy o‘quv va laboratoriya qurilmalari,
kompyuter texnikasi, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar bilan jihozlash bo‘yicha
maqsadga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi [1].
Aziz o‘quvchi! Ushbu kitob oliy ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan
“Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmlari”
fanidan darslik
hisoblanadi.
Darslik ikkita katta radiouzatish va radioqabul qilish qurilmalari qismlaridan
iborat.
Radiouzatuvchi qurilmalari, shu jumladan kuchaytirish qurilmalari, qismi 1–
8 boblarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda kuchaytirish qurilmalari, radiouzatish
qurilmalari haqida umumiy ma’lumotlar, yuqori va o‘ta
yuqori chastotali
7
tebranishlarni generatsiyalash va kuchaytirishning umumiy prinsiplari, qabul qilish
va uzatish qurilmalarida chastotani avtomatik rostlash usullari, amplitudaviy, bir
polosali,
burchakli
modulyatsiyali
radiouzatkichlar,
televideniye
va
radioeshittirishda
raqamli modulyatsiya usullari, xususan ko‘p pozitsiyali
manipulyatsiyalash usullari, analog va raqamli
televideniye radiouzatkichlari,
analog va raqamli radioeshittirish radiouzatkichlari ko‘rib chiqilgan.
Radioqabul qiluvchi qurilmalari qismi 9–16 boblarni o‘z ichiga oladi. Bu
qismda radioqabul qilish qurilmalari haqidagi asosiy ma’lumotlar, radioqabul
qilgichlarning, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichlar,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichlar
va supergeterodin qabul
qilgichlarning tuzilish sxemalari, radioqabul qilish qurilmalarida yuqori chastotali
kuchaytirgichlar, qabul qilgichlarda signallarga raqamli ishlov berish, analog va
raqamli televideniye
radioqabul qilgichlari, analog va raqamli radioeshittirish
radioqabul qilgichlari ko‘rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: