Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang Cisco Pascet Tracer dasturida kompyuter va kommutator yordamida lokal tarmoq quring. (1.1-rasm). Jadvalga mos holda IP manzil beriladi.
1.1-Rasm. Lokal tarmoq sxemasi
1.1-Jadval. Manzillash jadvali
Qurilma
Interfeys
IP-manzil
Tarmoq maska
Asosiy shlyuz
Kommutator
vlan1
192.168.1.100
255.255.255.0
192.168.1.1
Admin
Tarmoq adapteri
192.168.1.2
255.255.255.0
192.168.1.1
Kommutatorni dastlabki holatini tekshiring.
Kommutatorni dastlabki xolati: IOS ma’lumotlari, interfeys xususiyatlari, VLAN va flesh – xotira to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiramiz.
Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish mumkin. Imtiyoz rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini oldini olish va global konfiguratsiya rejimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketmaslik hamda ishchi ko‘rsatkichlarni sozlash uchun ishlatiladigan buyruqlarga kirmaslik uchun parol yordamida cheklash kerak.
Kommutatorga vlan interfeysiga ip manzil bog’lash uchun CLI oynasiga buyruqlar kiritadi (1.2-rasm):
Switch>enable Switch#conf t Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#interface vlan1 Switch(config-if)#ip address 192.168.1.1 255.255.255.0 Switch(config-if)#no shutdown
1.2 rasm. Kommutaroga vlan interfeysiga ip manzil kiritish