Telnet, ssh ishdan maqsad



Yüklə 152,62 Kb.
səhifə1/4
tarix24.01.2023
ölçüsü152,62 Kb.
#80479
  1   2   3   4
1-Laboratoriya ishi.


1 – LABORATORIYA ISHI
MAVZU: TARMOQ QURILMALARIDA DASTLABKI XAVFSIZLIK SOZLAMALARINI O’RNATISH-Telnet, SSH


Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar

Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:



  • Console

  • Telnet yoki SSH

  • Port AUX

Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.
Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnetni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‘rnatish uchun eskirgan usul hisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‘lanishi yordamida routerning yordamchi portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham tarmoqdan tashqari ulanishni ta’minlaydi va konfiguratsiya yoki tarmoq xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‘lsa, masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi.

Yüklə 152,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin