Poyezdlar harakatini intervalli boshqarish tizimlari. Peregonlarda qo'llaniladigan SMB qurilmalari
Temir yo'l transportida aloqa
Temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi - avtomatik va telemexanik boshqarish usullari va vositalari yordamida poyezdlar harakatini boshkarish va harakat xavfsizligini taʼminlash bilan shugʻullanadigan texnika va fan sohasi. Asosiy texnik vositalari signalizatsiya, markazlash va blokirovka kurilmalaridan iborat. Bunda yoʻl blokirovkasi, elektrojezl tizimi, strelka va signallarni markazlashtirish, saralash tepaligi avtomatikasi va telemexanikasi, poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, markazlashgan dispetcherlik asbobuskunalari, t.yildan oʻtish joylaridagi jihozlarni boshkarish tizimlaridan foydalaniladi. Bu majmua tarkibiga kiradigan apparatkurilmalar, asbobuskunalarni yaratish, tekshirish, maqsadli yoʻlda ishlashini taʼminlash, rivojlantirish yoʻlida izlanishlar olib borish, bashorat kilish va boshqa omillar soha fani vazifalaridir.
Poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish inshootlariga avtodispetcher (avtomashinist) va lozim boʻlganda poyezdlar harakat tezligini avtomatik ravishda sekinlashtiruvchi xavfsizlik avtomatikasi kiradi.
Markazlashgan dispetcherlikda temir yoʻl uchastkasining alohida punktlaridagi strelka va signallarni dispetcherlik xonasidan, poyezdlarning styalar orasidagi harakati esa avtoblokirovka qurilmalari yordamida avtomatik tarzda boshqariladi. Poyezdlarning turgan joyi, yoʻl va svetofor holatlari dispetcherlik postidagi tabloda aks ettiriladi.
Elektronika va elektron vositalar taraqqiyoti tufayli, Transport yoʻlia. va t.da keyingi 10—15 yil ichida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Yoʻlda ishlatilgan kontaktam elektr apparatlar, kontaksiz apparatlar, datchiklar elektron tizimlar bilan almashtirildi. Temir yo'l avtomatika va telemexanika qurilmalari va tizimlari harakat tarkiblarini xavfsizligini ta’minlovchi asosiy qurilmalardan va tizimlardan biri hisoblanadi, poyezdlar boshqaruvi, ularning qaysi temir yo’l uchastkasini yoki seksiyasini band qilib turganligiga mos holatda svetafor va strelkalarning masofaviy boshqarilishi, ularning qanday holatda turganligini nazorat qilish, ularning soz yoki nosoz ekanligini aniqlovchi va boshqa funksiyalarni qamrab olgan tizim bu elektr markazlashtirish (EM) tizimi bo’lib hisoblanadi.
Hozirda EM tizimlarining 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
1. MPM (mikroprotsessorli markazlashtirish);
2. MRM (Rele – protsessorli markazlashtirish);
3. EM (Releli elektr markazlashtirish).
“O'zbekiston temir yo'llari” AJ da yuqorida keltirilgan barcha tizimlardan foydalanib kelinmoqda. Hozirda stansiyalarda mavjud bo’lgan eskirgan releli EM tizimlarini yangi tizimlarga ketma-ket tarzda zamonaviy elektr markazlashtirish tizimlariga o’tkazilib kelinmoqda. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlarida eng ko‘p uchraydigan qurilmalar rele bo‘lib, ularning yordamida poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, tartibga solish va boshqarish jarayonlari amalga oshiriladi, poyezdlar harakati xavfsizligini ta‘minlanadi.
Hozirda o‘n millionlab rele temir yo‘llarda foydalanilmoqda. Har qanday releni, ayniqsa temir yo‘l avtomatikasi relesini eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, uni ishonchliligi hisoblanadi. Chunki bu relelarga asoslanib, poyezdlar harakatining xavfsizligi ta‘minlanadi. Rele tizimlarining asosiy kamchiligi shundaki katta hajmliligi, elektrenergiyani ko’p talab qilishi, yuqori material sig’imi, stansiyalardagi texnologik jarayonlarni to’liq avtomatlashtirish tizimlari boshqaruv qurilmalari bilan murakkab bog’lanishidir.
Releli markazlashtirishda uni ishlab chiqarishda juda ko’p material va mehnat xarajatlari talab qiladi. Avvalo, bu markazlashtirishni foydalanishga topshirishda va ishlab chiqarish jarayonining ma’lum davrlarida tekshirish kerak bo’lgan ko’p sonli elektromagnit relelar mavjudligi bilan bog’liq (bitta strelka uchun 100 donadan ortiq). Bundan tashqari, boshqaruv pultiga, tablo va magistral kabel tarmog’i barcha konstruksiyalari bilan birga (krossga, muftaga, kabellar qudug’i va boshq.) xizmat ko’rsatishda kam bo’lmagan vaqt sarfi yo’qotilishi. Temir yo‘l transportining barcha tarmoq va xo'jaliklarida turli ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik va telemexanik boshqarish tizimlari keng qo'llanadi. Ushbu xo'jaliklar zamonaviy hisoblash va kompyuter tizimlari, tortish nimstansiyalarini, suv ta’minoti punktlarini teleboshqaruv tizimlari, vokzallarda yo‘lovchilarga barcha turdagi xizmat ko'rsatuvchi qurilmalar komplekti, lokomotiv va vagon xo'jaliklarida qo'llanadigan avtomatika tizimlari bilan yetarlicha jihozlangan.
Temir yo'llami boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TYBAT) o'zida bir qator quyi tabaqa tizimlarini mujassamlashtirgan bo'lib, ular saralash stansiyalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (SSBAT), tashish jarayonlarini tezkor boshqarish (TJTBAT), elektr ta’minotining avtomatlashgan boshqaruv tizimi (ETABT) va boshqalardan tashkil topgan. Temir yo'ilaming turli xo'jaliklarida qo'llanadigan avtomatika va telemexanika tizimlari juda ko'p va murakkab bo'lib, ular haqida ma’lumotlar tegishli bo'limlarda berib boriladi. Mazkur bo'limda faqat temir yo'llarda poyezdlar harakatini boshqarish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo'yicha qo'llanadigan avtomatika, telemexanika va signallashtirish qurilma va uskunalari haqida tushunchalar beriladi. Poyezdlar harakati va stansiyalarda manyovr ishlari doimo o'zgarib turadigan sharoitlarda bajariladi. Bunday holatlarda katta masofalarga lokomotiv mashinist lariga va harakatni bajarish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xizmatchilarga tegishli buymq va ko'rsatmalami uzatish uchun temir yo'l signallari qo'llanadi. Temir yo‘llarda signallashtirish harakat xavfsizligini ta’minlash hamda poyezdlar harakati va manyovr ishlarini aniq bajarish uchun qo'llanadi.
Elektron va elektromexanik qurilmalarning o’rnida keladigan mikroprotsessorli qurilmalar (MPQ) Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari ekspluatatsion xarakteristikalari oshishiga imkon beradi. Odatda MP qurilmalar kam sonli elektron komponentlarni o’z ichiga olishi va buning sharofati bilan uning oldingilaridan yanada yuqori ishonchliligi, gabariti kichikligi va og’irligi kamligini aytish mumkin.
Mikroprotsessorli markazlashtirish tizimini releli markazlashtirish bilan taqqoslagandagi afzalliklari quyidagilar:
· yagona ish joyidan turib ko’pgina stansiya va peregonlar obyektlarini boshqarish imkoniyati;
· bir stansiya protsessor qurilmalari SMB ning peregon qurilmalari va harakat tarkibi holati nazorati uskunalari boshqaruvini integratsiya imkoniyati;
· stansiya SMB qurilmalari holati haqidagi to’liq ma’lumotlarni va boshqa ma’lumotlarni mintaqaviy tashishlarni boshqarish markaziga jo’natish imkoniyati bilan ekspluatatsion va texnik xodimlarga taqdim etish;
· boshqarish va nazorat obyektlari va markazlashtirish apparatlari vositalari holati o’rnatilgan diagnostik nazorati mavjudligi;
· sezilarli darajadagi kam hajmli qurilish-montaj ishlari;
· nazorat qilish qurilmalari va nazorat qilinadigan ob'ektlar o'rtasida faqat mis simlari kabellarni bilan emas, balki optik tolali kabellar bilan ma'lumotlar uzatish vositasi sifatida foydalanish;
· tasarruf xarajatlarini qisqarishi, manipulyatorlarning elektromagnit relelar sonini va post ichi kabellari uzunligini qisqartirish, zamonaviy xizmat ko’rsatilmaydigan ta’minot manbalarini qo’llash, katta hajmli boshqaruv pultlari va ko’p sonli qo’lda boshqarish mexanizmi va mexanik harakatlantiriluvchi knopkalarni chiqarib tashlash hisobiga narxini pasaytirish.
Dunyo temir yo'llarida birinchi MPM tizimlarini ishlatish tajribasi rele tizimlariga nisbatan ekspluatatsion va texnik foydalarni ko’rsatdi. Bizning va chet el mamlakatlarida yangi rele tizimli EM izlanishlari to’xtatilgan. Mikroelektronika va mikroprotsessor texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlanishi va takomillashishi, uning narxi pasayishini hisobga olib, vaqtlar o’tishi bilan MPM tizimi stansiya avtomatikasining asosiy tizimiga aylanadi.
Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina temir yo’llarida stansiyalarda poyezdlar harakatini tashkil etish uchun juda ko’p mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlari qo’llaniladi. Ulardan eng ko’p tarqalganlari «МПЦ-2», «МПЦ-МПК», «МПЦ-И», «МПЦ-Д», «Ebilock-950» hisoblanadi.
Mikroprotsessorli markazlashtirish stansiyadagi strelka, svetofor va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo’ljallangan hamda yangi, iqtisodiy jihatdan qulay elektron tizim hisoblanadi. U xavfsiz signalizatsiya texnologiyasi sohasida davom etayotgan uzoq yillik tadqiqotlar natijasida olingan keng tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Markazlashtirishning modulyar strukturasi katta va kichik stantsiyalar uchun bir xilda mos keladi. Mikroprotsessorli tizimida kuchli uzluksiz quvvat manbayidan foydalanilgan bo’lib, rels zanjirlari, elektr yuritmalar, signallar, relelar kabi elektron qurilamalardagidek ta’minot beriladigan xizmat ko’rsatilmaydigan akkumulyator batareyasidan foydalaniladi. Bundan tashqari, tizimda liniya xalaqitlaridan himoya qilish uchun maxsus uskunadan foydalanadi, qurilmalarning yerga ulanish qoidalari biroz farq qiladi.
MPM asosiy komponentlari quyidagilar hisoblanadi: markaziy qayta ishlovchi tizim (MQIT) yoki markaziy protsessor (MP) – boshqaruv va nazorat tizimlari (mahalliy yoki masofaviy) ta’sirini ya’ni markazlashtirish mantig'ini amalga oshiradi, mikroprotsessorli markazlashtirishga ulangan rels zanjirlari va barcha releli tizimlarning holati haqidagi xabarni obyekt kontrolleri tizimlari va rele kontaktlari orqali o’qiladi.
obyekt kontrolleri tizimlar (OKT) – tashqi qurilmalar (strelka elektryuritmasini, signallarni, rels zanjirlarini va boshqalar)ni markaziy protsessor bilan bog’lovchi interfeys hisoblanadi.
Tizimning asosi mavjud elektr markazlashtirilgan strelka va signallarning barcha bog'liqliklarini o'zaro xavfsiz yo’l bilan amalga oshiradigan MQIT.U quyidagilarni ta’minlaydi:
- boshqaruv va nazorat tizimlaridan kelgan komandalarni buyruqlarga o’zgartirib strelkalar, svetofor va boshqa qurilmalarga xavfsiz ko’rinishda yetkazish;
- marshrutdagi obyektlarning qulflanishi;
- marshrutlarni avtomatik va sun’iy ajratish.