Avtomatlashtirilgan blokirovka. Avtomatlashtirilgan blokirovkada (avtoblokirovka) peregonlar avtomatik tarzda ishlaydigan o'tish svetoforlari yordamida alohida blok-uchastkalarga ajratiladi. Har bir blok-uchastkaning uzunligi yondosh svetoforlar orasidagi masofaga teng. Uch ko‘rinish signalizatsiyali avtoblokirovkada blok-uchastkalar uzunligi maksimal tezlikda tarkibni to'liq ishchi (служебные) rejimida tormozlashda o'tiladigan masofadan kam bo'lmasligi kerak. Bundan tashqari,ushbu masofa avtostop tizimining ishlab ketish vaqtini hisobga olgan holda shoshilinch tormozlash bilan o'tiladigan yo‘1 uzunligidan ham kam bo‘lmasligi kerak. Odatda, blok-uchastkalar uzunligi 1000 dan 2000 m gacha bo'ladi.
Avtoblokirovkada o'tish signallarining avtomatik tarzda almashinishi har bir blok-uchastkada relsli elektr zanjiri tuzilib, u orqali poyezd svetofor chiroqlarini boshqaruvchi apparatlarga ta’sir etish natijasida sodir etiladi. Relsli elektr zanjiri orqali blok-uchastkalaming bandligi nazoratda bo'libgina qolmay, balki relsli yo'llarning butunligi ham nazoratda bo‘ladi (masalan, relsning uzilganligi yoki rels bo‘lagining yo'qligi, olinganligi ma’lum bo'ladi). Amalda qo'llanadigan relsli elektr zanjirlaming chizmalari juda murkkab. Quyidagi ikki ko'rinishli avtoblokirovkaning ishlash tartibi va signal ranglarining avtomatik ravishda o'zgarishi ko'rsatilgan. Relsli zanjirlar bir-biridan izolyatsiyalovchi tutashmalar bilan ajratilgan. Relsli zanjirda tok manbai sifatida yo'l batareyasi YB (akkumulyator A va to'g'rilagich V lardan iborat) xizmat qiladi. Tokni yo'l relesi YR iste’mol qiladi. Avtoblokirovka elektr uzatish tormog'ining yuqori kuchlanishli signal liniyasi orqali ta’minlanadi.
Agar blok-uchastka bo'sh bo'lsa, tok manbaidan relslar orqali oqayotgan tok yo'l relesiga qo'yiladi va u o'zining kontaktlari bilan signal batareyasi zanjirini svetofoming yashil chirog'i orqali ulaydi. Natijada yo'l bo'sh bo'lganda, ya’ni relsli zanjir butun bo'lsa svetofor yashil ko'rinishda bo'lib, poyezdning belgilangan tezlikda harakatlanishiga ruxsat beradi. Agar blok-uchastka harakat tarkibi (poyezd, yoki uning yagona o'ildirak jufti) bilan band bo'lsa, yoki rels sinib zanjir butligi uzilgan bo'lsa, u holda tok yo'l relesiga yetib kelmaydi, rele yakori tushib ketadi va signal batareyasinining zanjiri svefoming qizil chirog'i orqali bog'lanadi. Ushbu holat blokuchastkaning bandligini yoki nosozligini ko'rsatib svetofor keyingi harakat uchun relsli zanjir tiklanib keyingi harakat uchun ruxsat etiladi. Temir yo'l holatini joriy ta’minlash sifati yomon bo'lsa,shag'al ifloslangan, izolyatsiya materiallari sifatsiz va nosoz bo'lsa, yo'l qor va yomg'ir suvlari bilan ko'milib qolgan hollarda tokning yo'l ustki tuzilishi orqali o'tib ketishi oshib ketadi, yo'l relesiga og'ib boradigan tok pasayib ketadi va u ishlamaydi. Natijada yana svetoforda qizil chiroq yonib yo'l bandligidan, yoki yo'lning holati harakat xavfsizligiga tahdid solishidan darak beradi. Avtoblokirovkaning relsli zanjirlari tok turi va ta’minlash usuliga qarab har xil bo'ladi. Avtonom lokomotivlar bilan tortish yo'llarida, odatda, doimiy tokli zanjirlar qo'IIanadi. Elektrlashtirilgan temir yo'llarda o'zgaruvchan tokli relsli zanjirlar qo'IIanadi. Bunda har bir signal rangiga relsli zanjir orqali yuboriladigan kodli (bir, ikki va uch impulsli) signal toki to'g'ri keladi. Bunday signal kodlari avtomatik lokomotiv signallashtirish (ALSN) tizimida lokomotiv svetoforining chiroqlarini ham boshqaradi. Elektrlashtirilgan uchastkalarda relslar bo'ylab tortish (o'zgarmas yoki o'zgaruvchan) toki hamda avtoblokirovkaning relsli zanjir toklari ham (o'zgaruvchan) ham o'tadi. Tortish toklarini avtoblokirovkadagi izolyatsiyalovchi tutashmalami aylanib o'tishini ta’minlash uchun relsli zanjirlarga drossel-transformator va chastotali filtrlar deb ataluvchi maxsus asboblar ulanadi. Avtoblokirovka bir va ikki yo'llik bo'lishi mumkin. Bir yo'llik avtoblokirovka doimo ikki tomonli bo'lib (svetoforlar yo'lning ikki tomonidan o'matiladi), bir yo'l bo'ylab poyezdlar harakatini Ikki tomonlama bajarish imkonini beradi. Bunda svetoforlar harakat yo'nalishi bo'ylab bir tomonga ochilgan bo'ladi va qarama-qarshi tomon svetoforlari o'chiriladi. Orqa tomonga poyezd jo'natish uchun stansiya navbatchisi oxirgi poyezd yetib kelib peregon bo‘shagandan keyin apparatda yo'nalishni o'zgartiruvchi tugmani bosadi. Bunda ushbu stansiyadan jo'nash yo'nalishi bo'yicha svetoforlar yonadi va qarshi tomon svetoforlari o'chadi.