Тayanch qismlarini hisoblashning asosiy qoidalari
Тayanch qismlarning minimal o’lchamlari mustahkamlikka hisoblash orqali aniqlanadi. Odatda tayanch qismlarning oraliq bo’ylab eng katta o’lchami tayanch maydonchasi ustki balansir tayanish chizig’igacha o’lchamining ikki marotabasidan katta bo’lmasligi kerak (s ≤ 2h, 7.6,b-rasm).
7.6-rasm. Тayanch qismlari elementlarining hisobiy sxemasi: a) yuqori balansir sxemasi; b) tayanch qismlarining asosiy o’lchamlari; v) ostki balansir hisobiy sxemasi; g) plitaning hisobiy sxemasi
Тayanch qismlarining ko’prik o’qiga ko’nlang yo’nalishdagi o’lchami oraliq qurilmaning ostki belbog’i eniga bog’liq. Тipovoy temirbetonli oraliq qurilmalar ostiga o’rnatiladigan tayanch qismlar ostki belbog’ eniga teng bo’lgan o’lchamga ega. Тipovoy metall fermalar uchun tayanch qismlari ostki belbog’ eniga nisbatan 10...30 sm ga katta bo’lgan o’lchamga ega.
Boshqa hollarda tayanch qismlarining ko’ndalang yo’nalishdagi o’lchami qoidaga muvofiq tayanch qismlari usti va ostidagi betonni ezilishga hisoblashdan aniqlanadi.
Тayanch qismlarining hisobi soddalashtirilgan hisobiy sxemalar qo’llangan shartli xarakterga ega (7.6,a-g-rasm).
Ustki balansir belgilangan o’lchamining yetarliligi uning konsol qismini egilishga mustahkamlikka hisoblash orqali o’rnatiladi (7.6,a-rasmga q.).
Eguvchi moment aniqlangandan keyin me’yoriy kuchlanish hisoblanadi:
(7.1)
bunda M – eng katta eguvchi moment; W – balansir hisobiy kesimining qarshilik momenti; Ru – balansir po’latining egilishga hisobiy qarshiligi.
Ustki balansir o’lchami a oraliq qurilmalar materialining (po’lat yoki temirbetonning) ezilishga mustahkamlik shartidan aniqlanadi.
Ostki balansir uzunligi katoklar soni va ularning (ko’prik o’qi bo’ylab) siljishiga bog’liq.
Katoklar orasi tirqishidagi masofa katoklarning ishonchli ishi sharti, ya’ni ularning xavfsiz oraliqda aylanishining ta’minlanishidan topiladi (tayanish chizig’idan katok chetigacha eng katta qiyalikda 25 mm dan kichik bo’lmagan rezerv masofa qolishi kerak). Ushbu masofa katok enini uning perimetriga nisbatiga ham bog’liq.
Odatda katoklar orasi tirqishidagi masofa aylanali katoklar uchun 25 mm , kesilgan katoklar uchun esa 25 mm va 50 mm belgilanadi.
Katok silindrik yuzasining tekislik bilan tegish chizig’i bo’ylab sodir bo’ladigan kuchlanish formuladan aniqlanadi:
(7.2)
bunda Rk – bitta katokdagi yuk; r – katok radiusi; l – katok yoki sharnir uzunligi; Rsr.– po’latning siqilishdagi hisobiy qarshiligi.
Katok diametri yoki ustki va ostki balansirlarning sharnirli birikmalarining aylana diametri siqilishning eng katta diametral yo’nalishi bo’yicha erkin tayanishida (tegishida) aniqlanadi.
(7.3)
Bunda Rk – bitta katokdagi (balansirdagi) yuk, kN; r – katok yoki silindrik aylananing radiusi; l – katok (yoki birikish chizig’i) uzunlagi, sm; m – ish sharoiti koeffitsiyenti; Rcd – katok (balansir) materialining hisobiy qarshiligi, MPa .
Ostki yostiq yuzasi fermaosti betonining ezilishga mustahkamlik shartidan aniqlanadi. s masofa qiymati katok va anker boltlarini joylashtirish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Ostki tayanch plitalarining qalinligi, qoidaga muvofiq, plita katoklarining tayanish joylaridagi tayanchlar va kuch, ya’ni fermaosti plitasi reaksiyasi bilan to’sindagi kabi olinib, 50...70 mm dan katta belgilanadi. Qo’zg’almas tayanch qismlarining hisobi ham qo’zg’aluvchanlardagi kabi bajariladi.
Adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |