Temirbeton konstruksiyasining yoriq bardoshligi


Тayanch qismlar konstruksiyasi



Yüklə 139 Kb.
səhifə3/5
tarix16.05.2023
ölçüsü139 Kb.
#114075
1   2   3   4   5
TEMIRBETON KONSTRUKSIYASINING YORIQ BARDOSHLIGI

Тayanch qismlar konstruksiyasi. Loyiha tashkilotlari tomonidan tayanch qismlari konstruksiyalarining ham tipovoy, ham individual loyihalari ishlab chiqiladi. Тipovoy loyihalar bo’yicha tayyorlangan standart tayanch qismlari temirbeton va metall oraliq qurilmalar uchun qo’llaniladi.

Тayanch qismlarining konstruksiyasi
Тangensial tayanch qismlar. Тangensial tayanch qismlarining konstruksiyasi oldingi bo’limning 7.3-rasmida keltirilgan. Qo’zg’aluvchi tayanch qismlar qo’zg’almasidan ustki balansirda oralig’i bo’ylab o’lchami 100 mm bo’lgan cho’ziq (oval) shaklidagi teshigi borligi bilan farq qiladi.
Katokli tayanch qism (7.5-rasm) uzunligi 24 m bo’lgan oldindan zo’riqtirilgan temirbetonli to’sin uchun mo’ljallangan.
7.5-rasmda 18 m dan katta bo’lgan oraliqlarda qo’llaniladigan sektorli quyma tayanch qismlarning konstruksiyasi keltirilgan.

7.5-rasm. Sektor ko’rinishidagi tayanch qismlari: ayuqori balansirni


sektorga sharnirli tayanishi; b – xuddi shunday tangensialli tayanish

Qo’zg’almas tayanch qismlarda sektor balansiri mavjud emas. Ustki plita ostki plita bilan po’lat sharnir yordamida tutashadi.


Uncha katta bo’lmagan tayanch bosimlarida (2000 kN gacha) bir katokli qo’zg’aluvchan tayanch qism qo’llanishi mumkin. Тayanch qism bu holda ustki balansir, diametri 200 mm bo’lgan katok va ostki tayanch plitalardan tashkil topadi. Ustki balansirni ostki plitaga nisbatan fiksatsiya qilish uchun tayanch plita va balansirda pona (shponka), katokda esa shlis ko’zda tutilgan.
Katoklarni bo’ylama yo’nalishda siljishini oldini olish uchun, katok yon tomoniga payvandlangan uzun po’lat taxtachalar (plankalar) xizmat qiladi. Uzun po’lat taxtachalar ustki balansir va ostki plita yoriqlariga kiradi.
Katta uzunlikdagi oraliq qurilmalar (metall va temirbeton ko’priklarning) ostiga sharnir-katokli tayanch qismlar o’rnatiladi. Bu tipdagi tayanch qismlarda sharnir yordamida yoki shunga o’xshash tangensial tayanch qism bilan tutashadigan ikkita balansir (ustki va ostki) mavjud. Bu ikki tipdagi tutashishlar oraliq qurilma uchlarini bemalol aylanishini ta’minlaydi. Bo’ylama siljishlarni ostki balansir tayanadigan katoklar ta’minlaydi.
Balansir va katoklarning ko’ndalang siljishidan fiksatsiyasini bo’ylama ponalar, hamda katoklardagi yoriqlar ta’minlaydi. Katoklarning yon tomonlariga katoklar qulab tushishini oldini oladigan uzun po’lat taxtachalar (payvandlab yoki boltlar bilan) mahkamlanadi.
Тayanch qismlarni ifloslanishdan himoya qilish po’lat listdan tayyorlangan futlyar yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin