Temperament va xarakter



Yüklə 472,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix17.12.2022
ölçüsü472,79 Kb.
#75775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13.MAVZU (1)

Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini 
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u 
vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini 
buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib 
turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, 
matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining 
tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), 
diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. 
Introvert. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga 
qiyinchilik bilan javob qaytaradi. 
Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi 
chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. 
Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga 
ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib 
qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror 
emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. 
Shunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik 
xususiyatlarining individual o‘ziga xos yig‘indisidir. bu xususiyatlarga umumiy 
nerv-psixik faollikning jadallligi, zo‘riqqanligi, ta’sirlanish va harakatlarning 
maromi, individning motorli, aqliy va kommunikativ sohasida namoyon bo‘ladigan 
xususiyatlarning kuchayishi va susayishi; sub’ekt emotsional tuzilishining 
qo‘zg‘aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi, hissiyotlarning nazorat qilinishi kiradi. 
Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dinamik xususiyatlarini 
belgilaydi.

 

Yüklə 472,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin