temperamenti odamni lanj, harakatsiz, hayot taassurotlarning barchasiga befarq qilib
qo‘yishi mumkin.
Temperament haqidagi ta’limotning asoschisi qadimgi yunon tabibi Gippokrat
hisoblanadi, uning ta’kidlashicha, odamlar «organizmidagi suyuqliklar» nisbati
bilan farqlanadilar, suyuqlik yunoncha «krasis» so‘zi
bilan ifodalangan; so‘ngra
lotincha temperamentum – «mutanosiblik», «to‘g‘ri o‘lchov» so‘zi bilan
almashtirildi. Gippokrat ta’limotiga tayangan holda antik davr tabibi Klavdiy Galen
temperamentlar tipologiyasini ishlab chiqdi, uni o‘zining «De temperamentum» qo‘l
yozmasida bayon etdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, temperament tipi organizmdagi qon,
flegma, sariq va qora safro suyuqliklarining ustunligiga bog‘liq. U 13 xil
temperament tiplarini ajratdi, lekin keyinchalik ularni to‘rt xilga birlashtirdi – bu
sangvinik (qon), flegmatik (shilliq, balg‘am), xolerik (safro) va melanxolik (qora
safro).
Keyingi asrlarda uning izdoshlari tana tuzilishi va
fiziologik vazifalarining
farqlari bilan mos keladigan hulq-atvorlar xilma-xilligini kuzatgan holda, ularni
tartibga solishga va guruhga ajratishga harakat qildilar.
Temperamentlar haqidagi
ta’limotning rivojlanishiga nemis faylasufi I. Kant, nemis psixiatri E. Krechmer,
amerikalik olim U. SHeldon, rus fiziologi, akademik I.P. Pavlov,
rus anatomi va
shifokori P.F. Lesgaft va boshqalar o‘z hssalarin qo‘shganlar.
Dostları ilə paylaş: