Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin
bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar
bir odamning boshqasidan
farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.
SHunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik»
tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa
tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama
esa – «individuallik» tushunchasi.
Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish
2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu qiziqishning
paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik
tuzilish
va rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek,
ijtimoiy
rivojlanish,
ijtimoiy
aloqalar
va
munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual farqlarning
mavjudligi sabab bo‘ldi. Temperament shaxsning biologik
jihatdan shartlangan
tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy
taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa bir qator dinamikaga
ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning mavjudligini belgilab
beradi.
Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab
yondoshuvlar
mavjud. Lekin bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay, ko‘pchilik
tadqiqotchilarning tan olishiga ko‘ra, temperament – bu shaxsning ijtimoiy
mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma, temperament asosidagi shaxs
xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib hisoblanadi.
B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb,
ayni bir odam uchun xos bo‘lgan emotsional qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir tomondan,
hislar paydo bo‘lishining tezligi, va ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq
bo‘lgan psixik xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».
Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional
holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib,
temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq
-atvorning
Dostları ilə paylaş: