Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon) - hissiyotning tez va kuchli qo'zg`aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan ajralib turadi. Xolerik temperamentli insonlarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, (mimikalarida), harakat va so'zlashuvlarida yaqqol ko'rinib turadi.
XOLЕRIK
J uda g`ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo'lgan, tez va shiddatli, qizg`in emotsional “portlash” va kayfiyatning keskin o'zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan inson xoleriklar deb ataladi.
Bu tip vakillari sabr-toqat kerak bo'ladigan qollarda o'zlarini tutib turishlari qiyin bo'ladi. Ular juda faol hayot kechirishga intilishadi, harakatlari va so'zlarida keskinlik, ba'zida esa qo'pollikni ham ko'rish mumkin. Ularning harakatlari fikrlaridan oldin yuradi, shuning uchun ham ular bir ishni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar. Ular gohida hushchaqchaq va dilkash suhbatdosh, gohida esa serjahl va asabiy holda bo'ladilar. Ana shunday paytda ularni umuman gap tushuntirib bo'lmaydigan darajadagi qiyofada ko'rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |