O'tmishda ma'naviy kamolotga inti1gan shogirdlar
(muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid)
ixtiyoriga topshirganlar. Shogird
faqatgina ixlos va
sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka
erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabih1ik va
razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan
saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining
shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad
Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan:
Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim,
Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.
Madad qildi, Azozilni kovlab surdim,
Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.
Talaba1ikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud
g'ururni sindirishga harakat qi1gan.