Amir Temur vorisi sifatida Movarounnahr yurtini 40 yil boshqargan hamda bu davlat taraqqiyotida muhim o`rin tutgan Mirzo Ulug`bek ayni chog`da ilm-fan rivojiga, madaniyat yuksalishiga ham bebaho hissa qo`shgan buyuk siymodir. U tashkil etgan boy kutubxonada turli fan sohalariga oid 160 mingdan ortiq kitoblar mavjud bo`lgan.
Ulug`bek qalamiga mansub “Zijji ko’ragoniy”, “To’rt uls tarixi” asarlari mansubdir.
Ulug`bek qalamiga mansub “Zijji ko’ragoniy”, “To’rt uls tarixi” asarlari mansubdir.
Qozizoda Rumiy
Ulug`bek davri fan peshvolari Qozizoda Rumiy “Hisobga doir risola”, “Astronomiya asoslariga sharx” kabi noyob asarlari bilan ilm-fan va madaniyat rivojiga samarali hissa qo`shgan.
Alisher Navoiy
O`zbek adabiyotining yanada yuksak darajaga ko`tarilishi uchun ko`p jihatdan she’riyatimiz sultoni Alisher Navoiy ijodi bilan bog`liqdir. Alloma ijodida yuksak insonparvarlik, vatanparvarlik, erksevarlik g`oyalari aks etadi. U butun umrini ilm-fan mamlakat obodonchiligi va madaniyati rivojiga bag`ishladi. Uning mashhur “Xamsa”siga kirgan “Hayratul-abror”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sabbai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari buning isbotidir.