Diqqat va mexnat qilib o’rganing, sharni o’yinga kiritishga o’zingizni noqulay xolatda bo’lib qolishdan saqlang.
Raqibingiz o’yinga kiritgan sharni qabul qilishga doimo tayyor turish va qabul qilingan sharni qaytarib raqibga noqulaylik tug’dirishiga xarakat qiling.
Raqib tomonidan sharni o’yinga kirish xarakatini diqqat bilan kuzatishga odat qiling va sharni o’yinga kiritish usullarini tezlik bilan aniqlashga o’rganing.
Xar doim shuni eslanki sharni o’yinga kiritishda, faollikni doimo egallashga xarakt qiling
IV Yozilgan xaqiqat Yutuqlardan mag’rurlanishga o’rganmang. O’z ustingizda doimo ishlashga o’rganing, mashg’ulaotlarni qoldirmang, ko’zga ko’ringan sportchi tinnischilar maxoratini o’rganishga xarakat qilib borsangiz yanada yuqori natijalarga erishishingiz mumkin.
Raqibingizni yutish uchun avvalombor o’zingizni o’yindagi bo’sh joylaringizni, kamchiliklaringiz bilib bartaraf qilishga o’rganing.
Ovvol «bosh bilan» o’ynashga, keyin oyoq bilan va eng oxiri qo’l bilan «o’ynashga» o’rganing.
O’ynashda mexnat, matonat, intilish va qanoat bilan o’ynashni o’zingizga odat qilishga o’rganing.
O’ynashda tez o’ynashga, keraksiz sekin undash oshmasdan o’ynang.
O’yinda texnika va taktika usullar xar doim g’alabaga erishtirmasligi mumkin, chunki bundan ham muximrog’i jismoniy sifatlar, iroda va matonatlik g’alabani asaosidir.
Agr stol tennisini o’rganish uchun sizda maxorat yetishmagan bo’lsa xafa bo’lmang, faqat o’z ustingizda ishlab o’z maxoratingizni oshirib borsangiz albatta chempion bo’lishingiz shubxasiz, chunki chempionlik mexnatsiz bo’lmaydi.
Sport mashg’ulotdari jarayonida kup tomonlaringiz yanada kuchayib boradi, bo’sh sifatlaringiz mustaxkamlanib boradi. Musobaqalarda ko’proq ishtirok etish jarayonida ikkala jarayonlar yanada mustaxkamlanadi.