• Nazorat va tartibga solish masalalariga e’tibor berila boshlandi.
• AAOIFI(buxgalteriya va audit tashkiloti) standartlari chop etildi.
• Korporativ nazorat va xatarlarni boshqarishga e’tibor berildi.
• Islomiy banklarni qo‘shib yuborish orqali kapitalizatsiya qilindi.
• Aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar bozori tashkil etildi.
• Malayziyada islomiy moliyaviy xizmatlar bo‘yicha Kengash ta’sis etildi (2002).
• Bahraynda Xalqaro islomiy reyting tashkiloti ta’sis etildi.
Shariat so‘zi shar’iy so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, suvga eltuvchi yo‘l ma’nosini, shara’a fe’li esa so‘zma-so‘z suvga olib boruvchi aniq yo‘lni belgilash yoki ajratish degan ma’noni anglatadi. Diniy ma’noda esa mukammal hayotga olib boruvchi yo‘l yoki yaxshi hayot uchun katta yo‘l ma’nosini bildiradi. Boshqacha aytganda, shariat inson hayotini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi
To‘g‘ri yo‘l so‘zidan qonun so‘zining ma’nosi kelib chiqqan. Shariat so‘zi, shuningdek, din so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, u bo‘ysunish yoki ergashishni anglatadi. Shariat – usullar va yo‘llarning biriktirilishi bo‘lib, uning egasi Alloh taolodir.
Shariat qirralarini ikki qismga bo‘lish mumkin: ibodat va muomala.
Shariat qirralarini ikki qismga bo‘lish mumkin: ibodat va muomala.
Ibodatmusulmonlarning Alloh taologa amaliy masalalar bilan itoatlarini ifodalasa, muomala insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Demak, siyosat, iqtisod va ijtimoiy faollik kabi jihatlarning barchasi muomala amallari doirasiga taalluqlidir.
Shu bilan birga moliya va bank faoliyati iqtisodiy faoliyatning bir qismi hisoblanib, ushbu faoliyatlar shariat tamoyillari bilan muomala orqali bog‘lanadi.
Ma’lumki, shariat – bu juda ham qadimiy (taxminan 1500 yillik) diniy, ma’naviy–axloqiy, huquqiy tizim. Biroq uning moliyaviy qismi bir necha asrlik «parokandalik» davomida unutildi va musulmon Sharqining o’z an’anaviy huquqiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy-moliyaviy, hamda ta’lim tizimlari asosan G’arb mamlakatlarida paydo bo’lgan muqobil tizimlarga almashtirildi.
Shariatning asosiy maqsadi insonlarning bu dunyoda va oxiratdagi saodatini ta’minlash va mashaqqatlarini engillatishdan iboratdir. Insonlar taqvo qilishga buyurildilar, ammo uning ma’nosi bu dunyo go’zalliklaridan voz kechish emas, balki saodatga etaklovchi islomiy me’yorlar doirasida dunyoning barcha go’zallik va qulayliklaridan foydalanishga ruxsat etilgandir.