Masalan, har xil turdagi bir nechta o'zgaruvchini aniqlaylik va ularning qiymatlarini konsolda chop etamiz:
using System;
namespace HelloApp
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
string name = "Ali";
int age = 33;
bool isEmployed = false;
double weight = 78.65;
Console.WriteLine($"Ismi: {name}");
Console.WriteLine($"Yoshi: {age}");
Console.WriteLine($"Og’irligi: {weight}");
Console.WriteLine($“Ishlaydi: {isEmployed}");
}
}
}
C# da berilganlar turlari
Ma'lumotlarni konsolga chiqarish uchun bu erda interpolatsiya qo'llaniladi: satr oldiga $ belgisi qo'yiladi va shundan so'ng satr o'zgaruvchilar qiymatlarini figurali qavslarga olinadi. Dastur natijasining konsolga chiqishi:
Ismi: Ali
Yoshi: 33
Og’irligi: 78,65
Ishlaydi: False
Qo’shimchalardan foydalanish
Qiymat belgilashda quyidagini yodda tutish kerak: barcha haqiqiy literallar double turidagi qiymat sifatida qabul qilinadi. Va kasr son float yoki decimal turni ifodalashini ko'rsatish uchun, literalga qo'shimcha harf qo'shish kerak: float uchun F/f va decimal uchun M/m.
float a = 3.14F;
float b = 30.6f;
decimal c = 1005.8M;
decimal d = 334.8m;
Qo’shimchalardan foydalanish
Xuddi shunday, barcha butun turdagi literallar int turidagi qiymatlar sifatida qabul qilinadi. Butun turdagi literallarni uint turidagi qiymat ekanlini oshkor ko'rsatish uchun, U/u qo'shimchasini, long turidagi uchun L/l va ulong turidagi uchun UL/ul qo’shimchasi ishlatiladi: