Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə20/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

auskultatsiya. Yurakni eshitib ko‘rish (fonendoskop yoki stetoskop bilan), ishlab turgan yurakda yuzaga keladigan tovush simptomatikasi to‘g‘risida tushuncha olishga imkon beradi. Yurak eshitib ko‘riladigan, ya’ni auskultatsiya qilinadigan ma’lum joylar (nuqtalar) bor. Klapanlarning asl proyeksiyasi auskultatsiya nuqtalariga to‘g‘ri kelmaydi. Klinik kuzatuvlar har bir klapan tovushlarining qaysi tomonga hammadan yaxshiroq o‘tishini aniqlab olishga imkon berdi: mitral klapanga aloqador tovush hodisalari yurak uchi zarbi seziladigan sohada, aorta klapanlarining tovushlari ikkinchi qovurg‘alar oralig‘ida to‘sh suyagidan o‘ngda, o‘pka arteriyasining tovushlari ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida, to‘sh suyagidan o‘ngda, uch tavaqali klapan tovushlari to‘sh suyagining pastki uchdan bir qismida, xanjarsimon o‘simtasining asosi yaqinida hammadan yaxshiroq eshitiladi. S.P. Botkin aorta klapanlariga aloqador tovushlar eshitiladigan qo‘shimcha nuqtani topdi, beshinchi nuqta deb ataladigan shu nuqta III–IV qovurg‘alarming to‘sh suyagi chap qirg‘og‘iga birikish joyidadir. Avval mitral klapan (birinchi nuqta), so‘ngra aorta klapani (ikkinchi nuqta), keyin o‘pka arteriyasi klapani (uchinchi nuqta), undan keyin uch tavaqali klapan (to‘rtinchi nuqta) va nihoyat, Botkin nuqtasi (beshinchi nuqta)dan eshitiladigan tovush hodisalariga quloq solib ko‘riladi. Sog‘lom odamlarda ikkita ton eshitiladi: I (sistolik) ton sistola vaqtida, II (diastolik) ton diastola vaqtida paydo bo‘ladi. I tonning hosil bo‘lishida klapanlar (ularning tebranishi va yopilishi), miokardning taranglashishi, yirik tomirlar (aorta va o‘pka arteriyasi), shuningdek yurak bo‘lmalarining tebranishi ishtirok etadi. II ton diastola vaqtida aorta klapani tavaqalari va o‘pka arteriyasi stvolining tebranishi hisobiga yuzaga keladi. Kamdan kam hollarda normada III va IV tonlarni payqash mumkin. Bular diastola paytida eshitiladi, past chastotali, sekin bo‘ladi.
Auskultatsiya mahalida ko‘pincha yurak shovqinlari eshitiladi. Qaysi paytda paydo bo‘lishiga qarab (sistola yoki diastola davrida) sistolik va diastolik shovqinlar tafovut qilinadi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin