Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə19/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Ko‘zdan kechirish. Bemorning vaziyatiga ahamiyat beriladi. Sezilarli darajada hansirayotgan kasallar majburiy holat qabul qilib, oyoqlarini past tushirgan holda o‘tirishadi (ortopnoe). Badan terisi va ko‘rinib turgan shilliq pardalarning rangiga baho berilar ekan, badan terisining ko‘karib turgan-turmaganligi, ya’ni sianoz boryo‘qligi aniqlanadi. Qon aylanishi buzilgan mahallarda sianoz qo‘l va oyoq barmoqlari, burun uchi, lablar, quloq supralarida hammadan ko‘ra sezilarli bo‘ladi. Qon aylanish yetishmovchiligi uchun badanda shishlar bo‘lishi xarakterlidir. Tomirlarni ko‘zdan kechirish mahalida gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ko‘tarilib chiqqan va egri-bugri bo‘lib turgan arteriyalarni, ayniqsa chekka arteriyalarni, ko‘rish mumkin. Venalarni ko‘zdan kechirishda ularning aksari kengayib, qonga to‘lib turganini ko‘rish mumkin. Venada qon dimlanib qolganda shunday narsa kuzatiladi.
Palpatsiya. Yurak palpatsiya qilib ko‘rilganida yurak uchining zarbi aniqlanadi, tomirlar pulsatsiyasining bor-yo‘qligi topiladi. Yurak uchi zarbini aniqlash uchun o‘ng qo‘l kaftini bemor ko‘kragiga, III va IV qovurg‘alari orasiga qo‘yib ko‘rish kerak, bunda qo‘l panjasining asosi bemor to‘shiga, barmoqlari esa qo‘ltiq osti chizig‘iga qarab turadigan bo‘lishi kerak. Uch barmoqning oxirgi falangalarining yumshoq joyi bilan zarbning olgan o‘rni va yurak uchining harakatlari aniqlab olinadi. Sog‘lom odamlarda yurak uchining zarbi beshinchi qovurg‘alar orasida, chap o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1–1,5 sm ichkarida joylashgan bo‘ladi. Pulsni tekshirish tomirlar tonusining holatini baholashga imkon beradi. Puls yurak qisqarishlari munosabati bilan arterial tizimga qon o‘tib turishi tufayli arteriyalar devorining tebranib turishi, urib turishidir. Pulsni bilak arteriyasining pastki qismidan, bilak oldingi yuzasida, qo‘l panjasi yaqinidan aniqlash qulay. Pulsni topgandan keyin uning tezligi, ritmi, to‘lishuvi va tarangligi aniqlanadi.
Katta yoshli odamda puls tezligi minutiga 60–80 ta bo‘ladi.
Perkussiya. Bu usul yurak va tomirlar dastasining katta-
kichikligi, vaziyati, shaklini (konfiguratsiyasini) aniqlab olishga imkon beradi. Havosiz organ bo‘lmish yurak perkussiya mahalida bo‘g‘iq tovush beradi. Biroq, yurak ikkala tomonidan qisman o‘pka bilan qoplangandir, shu munosabat bilan nisbiy yoki absolut bo‘g‘iq ovoz chiqadigan joy aniqlanadi. Yurakdan nisbiy bo‘g‘iq ovoz chiqadigan joy uning asl chegaralariga mos keladi va yurak oldingi yuzasining ko‘krak qafasiga beradigan proyeksiyasi bo‘lib hisoblanadi, absolut bo‘g‘iq ovoz chiqadigan joy esa yurakning o‘pka bilan qoplanmay turadigan oldingi yuzasi proyeksiyasidir, xolos. Avval yurakdan nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning o‘ng, chap va ustki chegaralari perkussiya qilinadi. Yurak chegaralari organga qarab turgan birmuncha qattiqroq perkutor tovush beradigan plessimetr-barmoqning tashqi cheti bo‘ylab belgilab olinadi. Plessimetr barmoq yurakning o‘ng chegarasiga parallel qilib uchinchi-to‘rtinchi qovurg‘alar orasiga qo‘yiladi va yurak tomon yurgizilib, ravshan tovush bo‘g‘iqroq tovushga aylanib qolmaguncha o‘rtacha kuch bilan perkutor zarblar berib boriladi. Sog‘lom odamda bu chegara to‘sh suyagining o‘ng qirg‘og‘idan 1–1,5 sm tashqarida joylashadi va o‘ng bo‘lmadan hosil bo‘ladi. Yurakdan nisbiy bo‘g‘iq ovoz chiqadigan joyning chap chegarasini aniqlash yurak uchi zarbini topishdan boshlanadi, mana shu zarb izlanayotgan chegaraga mos keladi. Plessimetr-barmoq mo‘ljaldagi chap chegaraga parallel holda qo‘yiladi va yurak tomoniga yurgizilib, ravshan perkutor tovush bo‘g‘iqroq bo‘lib chiqmaguncha o‘rtacha kuch bilan perkutor zarblar berib boriladi. Sog‘lom odamda bu chegara o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1–1,5 sm ichkari joylashadi va chap qorinchadan hosil bo‘ladi. Yurakdan nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki chegarasini aniqlashda plessimetr-barmoq to‘sh suyagining chap qirg‘og‘i yaqiniga, qovurg‘alarga parallel qilib qo‘yiladi va avval ikkinchi qovurg‘alar orasidan boshlab o‘rta kuchda zarblar berib borib, pastga tushiladi. Sog‘lom odamlarda yurakdan nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki chegarasi III qovurg‘aning ustki qirg‘og‘i bo‘ylab joylashadi.
Yurakdan absolut bo‘g‘iq ovoz chiqadigan joyning avval o‘ng, keyin chap va ustki chegarasi topiladi. O‘ng chegarasini aniqlashda plessimetrbarmoq yurakdan nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning o‘ng chegarasiga to‘sh suyagining o‘ng qirg‘og‘iga parallel qilib qo‘yiladi va sekin-sekin perkutor zarblar berib turib, barmoq to nisbiy bo‘g‘iq tovush paydo bo‘lguncha ichkari tomon yurgizib boriladi. Sog‘lom odamlarda o‘ng chegara to‘sh suyagining chap qirg‘og‘i bo‘ylab boriladi.
Yurakdan absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning chap chegarasini aniqlashda plessimetr-barmoq nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning chap chegarasiga parallel qilib qo‘yiladi va to bo‘g‘iq tovush paydo bo‘lguncha perkutor zarblar berib boriladi. Chap chegara normada yurakdan nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joy chap chegarasidan 1,5–2sm ichkarida bo‘ladi. Absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki chegarasini aniqlash uchun plessimetr-barmoq to‘sh suyagining chap qirg‘og‘i yonida qovurg‘alarga parallel qilib, nisbiy bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki chegarasiga qo‘yiladi va bo‘g‘iq tovush paydo bo‘lguncha pastga tushirilib, sekin-sekin perkussiya qilib boriladi. Sog‘lom odamlarda absolut bo‘g‘iq tovush chiqadigan joyning ustki chegarasi IV qovurg‘a tog‘ayining damida joylashgan bo‘ladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin