Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


O‘pka abssessi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ham shiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə15/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

2.2.2. O‘pka abssessi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ham shiralik parvarishi
O‘pka abssessi o‘pka to‘qimasidan cheklangan holda yiringlab irishi bilan kechadigan kasallikdir. O‘pka abssessida yiringli balg‘am tushib turadi.
etiologiyasi: O‘pka abssessini ichak tayoqchalari, pnevmokokklar, stafilokokklar, streptokokklar qo‘zg‘atadi. Mikrob florasi nafas bilan (bronxlar orqali), qon oqimi bilan (gematogen yo‘l), limfa oqimi bilan (limfogen), travmalar mahalida o‘pkaga kiradi.
Klinikasi va kechishi: O‘pka abssessining klinikasi va kechishi o‘pka gangrenasi bilan deyarli bir xil. O‘pka abssessi o‘tishida ikki davr tafovut qilinadi:

  1. abssessning bronx yo‘llariga yorilguncha o‘tadigan davri;

  2. bronxlarga yorilgandan keyingi davr.

Abssessning bronx yo‘llariga yorilguncha davrida harorat 40°C gacha ko‘tarilib ketadi, qaltirash, hansirash, bo‘shashish, ishtaha yo‘qolishi, bosh og‘rishi, ba’zan yonboshda og‘riq paydo bo‘lishi bilan kechadi. Harorat egri chizig‘i bo‘shashtiradigan xarakterga ega. Bemor tez-tez yuzaki nafas oladi. Kasal tomoni nafasdan orqada qoladi.
Perkussiyada zararlangan joy ustidan chiqadigan perkutor tovush bo‘g‘iqlashadi, auskultatsiyada qattiq, ba’zan bronxial nafas, quruq va nam xirillashlar eshitiladi. Puls tezlashgan (minutiga 120 marta), yurak tonlari bo‘g‘iqroq bo‘ladi.
Rentgenologik yo‘l bilan tekshirilganda infiltratsiya bor joy qorayibroq turadi.
Qonda: leykotsitoz (15,0 × 109/L- – 20,0 × 109/L), neytrofillioz, EChT 50–60mm/soatgacha tezlashadi.
Bronxlarga yorilgandan keyingi ikkinchi davrda: bemor bir talay (1000 ml va undan ko‘proq balg‘am tashlaydi) yiringli balg‘am tashlaydi. Balg‘am yashil rangli hidsiz bo‘ladi. Abssessda balg‘am 2 qatlamli bo‘ladi, ustkisi suyuq sarg‘ish-yashil rangli qatlam va quyuq yashil yoki jigarrang pastki qatlamdan iborat.
Abssess bo‘shliq ichidagi bronxga yorilgandan keyin bemorlarning ahvoli ancha yaxshilanadi, lekin tinmay balg‘am chiqib turishi yo‘talni kuchaytiradi. Bemor balg‘am chiqishini kamaytiradigan holatni egallashga harakat qiladi. Abssess bronxlarning yuqori bo‘limlarida bo‘ladigan bo‘lsa, bemor yotishni, bordi-yu pastki bo‘limlarida bo‘lsa, o‘tirish yoki kasal tomonini bosib yotishni ma’qul ko‘radi. Vaqt o‘tishi bilan balg‘am miqdori kamayib boradi, bemorning umumiy ahvoli ham yaxshilanib ishtahasi paydo bo‘ladi, rentgenologik manzarasi asliga kelib qoladi, qonda leykotsitlar kamayadi va EChT sekinlashadi. O‘pka abssessi konservativ davolangach, bir oy ichida butunlay sog‘ayib ketadi. Asoratlari o‘pkadan qon ketishi, plevritlar, surunkali abssessga aylanish, piopnevmotoraks, ya’ni abssessni plevra bo‘shlig‘iga yorilishi (og‘riq, harorat oshishi, hansirash, kollaps ro‘y berishi mumkin) va hokazo.
Davosi: O‘pka abssessi bilan og‘rigan bemorlarni konservativ va xirur gik davo qilinadi.
Konservativ davoda antibiotikoterapiyaning ahamiyati katta. Anti biotiklarni bronxoskop yoki bronxial kateterlar yordamida yuborilganda samarali natijaga erishiladi. Bronxoskop yoki bronxial kateterlar yordamida avval yiring suyuqligi tortib olinadi, keyin antibiotiklar va bronxolitiklar yuboriladi. Drenajni ta’minlab borish muhim ahamiyatga ega, buning uchun abssessni joylashgan joyiga qarab ma’lum vaziyatda yotqizib qo‘yiladi (Kvinke holatida).

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin