Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə12/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Klinik belgilari. Keltirib chiqaruvchi sabablar yallig‘lanish o‘cho g‘ining katta-kichikligiga, bemorning umumiy ahvoli, yoshiga qarab turlicha namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda o‘choqli zotiljam o‘tkir boshlanib, bemorning tana harorati birdan 38–39°C darajaga ko‘tarilib, bemor sovuq qotadi yoki, ko‘pincha, kasallik asta-sekin biror kasallikdan (gripp, bronxitdan) so‘ng boshlanib, bemor, asosan umumiy holsizlik, boshi og‘rishi, yo‘tal, balg‘am ko‘chishi, ayrim hollarida ko‘krak qafasida sanchiq qo‘zg‘atuvchi quruq yo‘tal, ishtahasining sustligidan shikoyat qiladi. Bemorning tana harorati 4–5 kungacha notekis, 37–38°C ga ko‘tarilib turadi. Qari, holsizlangan bemorlarda tana harorati subfebril yoki me’yorida bo‘lishi mumkin, lekin ular ko‘p terlashdan shikoyat qiladilar.
Ko‘zdan kechirilganda: Bemorning nafas olishi tezlashgan, lunjlari qizarib, lablari, burunning uchi ko‘karib turgani qayd qilinadi. Nafasi minutiga 25–30 martagacha tezlashgan.
Palpatsiya qilinganda ovoz titrashida o‘zgarish sezilmaydi. Perkussiya qilinganda o‘zgarishlar kam bo‘ladi. Yallig‘lanish o‘chog‘i o‘pka markazida bo‘lsa, perkus siya qilinganda o‘zgarish mumkin. Yallig‘lanish o‘chog‘i o‘pka ning chetki qismida joylashgan yoki bir necha o‘choqlar tutashgan bo‘lsa, bo‘g‘iq perkutor tovush eshitiladi.
Auskultatsiya qilinganda o‘pkaning yallig‘lanish sohasi ustida ho‘l xirillash hamda tarqalgan quruq xirillash eshitiladi. Albatta, bu auskultativ o‘zgarishlar yallig‘lanish o‘chog‘ining katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lib, tutashgan o‘tkir o‘choqli zotiljamda ho‘l xirillashlar o‘pkaning katta qismida eshitilishi mumkin.
Yurak-tomirlar tizimi tekshirilganda yurak tonlarining bo‘g‘iqlanishi, pulsning tezlashganligi (minutiga 100 marta), arterial bosimning pa sayishga moyilligi kuzatiladi.
Rentgenologik tekshirish natijasida bemor o‘pkasida har xil kattalikdagi notekis chegarali qora dog‘lar ko‘rinadi. O‘pkada qonning dimlanishi, bronxlar va bronxlar usti yallig‘lanishi hisobiga o‘pkaning tomir qismi kengayganligi qayd qilinadi.
Qon analizida: qondagi leykotsitlar soni neytrofillar hisobiga ko‘paygan, leykotsitar formulaning chapga siljigani, EChT ning biroz tezlashgani ko‘rinadi. Bundan tashqari, qonning oqsillari tarkibi hamda gammaglobulin fraksiyasining ko‘paygani, albumin fraksiyasi kuzatiladi. Bemorning balg‘ami uncha ko‘p emas, biroq yiringli shilimshiq bo‘ladi.
O‘tkir o‘choqli zotiljam o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansa, ko‘pincha butunlay tuzalib ketadi. Hozirgi vaqtda kam uchraydigan asoratlar: quruq, ekssudativ plevrit, o‘pka abssessi, o‘pka gangrenasi, pnevmoskleroz. Bemor yaxshi davolanmasa, kasallik sust rivojlanadi, kasallik belgilari uzoq davom etib, surunkali zotiljamga o‘tishi mumkin.
O‘tkir o‘choqli zotiljam qo‘zg‘atuvchi sabablariga qarab klinik rivojlanishida va klinik manzarasi o‘ziga xos belgilari bilan farqlanishi mumkin.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin