Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par
o‘pka palpatsiyasi. Bu usul yordamida ko‘krak qafasining og‘rib turgan joylarini, elastikligini, ovoz titrashini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Tovush titrashi – tekshirayotgan shifokor bemor (kuchli tebranishga sabab bo‘ladigan tovushlarni, masalan: 24; 44 va b.) tovushi tebranishidan ko‘krak qafasining silkinishlarini sezadi.
O‘pka to‘qimasi zichlashib qolgan joy tepasida tovush titrashi zo‘rroq bo‘lib seziladi (zotiljam, kavernalar, abssesslar, o‘pkaning kompression atelektazlarida). O‘pka elastikligi yo‘qolganida (o‘pka emfizemasi, bronxlar yo‘lining tiqilib qolgan paytlarda), shuningdek o‘pka bilan kurak devori o‘rtasida tovush tebranishlarini yutib qoladigan suyuqlik yoki havo bo‘lgan mahallarda (ekssudativ plevrit, pnevmotoraks, gidrotoraks, o‘pka o‘smalarida), tovush tebranishi susayib, batamom yo‘qolib ham ketadi.
o‘pka perkussiyasi. Perkussiya yordamida o‘pka chegaralari aniq lanadi, chunki qorin bo‘shlig‘i organlarini (me’da, ichak qovuzloq larini) hisobga olmaganda, o‘pka atrofidagi organlarning ko‘pchilik qismi sekin (bo‘g‘iq) tovush beradi, lekin ular o‘pka tovushiga qaraganda boshqacha tovush beradi. Normal sharoitlarda bir xildagi kuch bilan tukillat(porok)ib urib ko‘rilganda, ko‘krak qafasining qaysi joyida havoli organ (o‘pka) bo‘lsa, o‘sha joyida ravshan perkutor tovush chiqadi. Havosiz organlar va to‘qimalar (yurak, jigar, taloq, muskullar) perkussiya qilinganida sekin tovush chiqadi. Qattiq va sekin tovushdan tashqari, oraliq o‘rinni egallaydigan tovush bo‘g‘ilgan (bo‘g‘iqlashgan) tovush bor.
O‘pkada havo kamayib qolganida yoki mutlaqo yo‘qolib ketganida, masalan: o‘pka yallig‘lanishida, infarkt va atelektazga uchraganida, ekssudativ plevritda kuzatiladi. O‘pka emfizemasida perkutor tovush past va qattiq bo‘lib chiqadi (ya’ni, quticha tovushi). Kattakatta kavernalar bo‘lganida, ochiq pnevmotoraks mahalida o‘pkada timpanik tovush eshitiladi. Bunday tovush childirma (dovul, ya’ni timpan) tovushiga o‘xshaydi. Ko‘krak qafasining simmetrik joylashgan qismlaridan chi qadigan perkutor tovush tabiatini solishtirib ko‘rish uchun qiyosiy perkussiya qo‘llaniladi.
Sog‘lom odamlarda ko‘krak qafasining turli qismlaridan chiqadigan perkutor tovush bir xil bo‘lmaydi. Chunonchi, chap tomondagi ikkinchi va uchinchi qovurg‘alar orasidan chiqadigan o‘pka tovushi yurak yaqin turganligi tufayli kalta tortgan bo‘ladi. O‘ng tomonda qo‘ltiq tagi chizig‘i bo‘ylab borganda pastki bo‘limlarda chap tomondagidan ko‘ra birmuncha bo‘g‘iq tovush chiqadi, chunki bu yerga jigar yaqinroq turadi.
Topografik perkussiya organlarning katta-kichikligi, shakli va biri bilan ikkinchisining o‘rtasidagi chegaralarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.