Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Surunkali kasalliklarning kechishi va unda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə3/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Surunkali kasalliklarning kechishi va unda hamshiralik parvarishi. Surunkali kasallik tashxisi qo‘yilganidan keyin surunkali kasallik bilan birga hayot boshlanadi. Bemorda biror bir simptom yuzaga chiqqach tashxis qo‘yish va davolash maqsadida bemor bir qancha tekshiruvlardan o‘tadi. Bemor o‘z simptomlarini nazorat qilishni o‘rgangach, kasal likning turg‘un davrida o‘zini jamoaning normal a’zosidek tutib yashaydi yoki uy sharoitida parvarish qilinadi. Kasallik qo‘ziganida kasalxonada davolaniladi. Surunkali kasalliklari bor bemorlarda kasallik boshlanganidan bir necha yil yoki o‘nlab yil o‘tgach asoratlar yuzaga chiqadi, ular terminal davrgacha bo‘lishi mumkin.

2. Nafas a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Nafas olish a’zolarining tuzilishi va vazifalari: nafas a’zolari tizimi burun yo‘llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o‘pkani o‘z ichiga oladi. O‘pka tashqi tomondan yupqa elastik biriktiruvchi to‘qima – plevra pardasi bilan qoplangan. O‘ng o‘pka uch: ustki, pastki, o‘rta; chap o‘pka esa ikki: ustki va pastki bo‘lakdan tashkil topgan. O‘pka ko‘krak qafasida joylashgan. O‘ng va chap o‘pka o‘rtasida kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O‘pkaning pastki yuzasi ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to‘siq– diafragmaga tegib turadi.
Havo burun yo‘llari orqali traxeyaga o‘tadi, traxeya o‘ng va chap bronxlardan iborat bo‘lib, ular o‘pkaning tegishli bo‘laklariga kirib boradi. Bronxlar juda mayda tarmoqlarga bo‘linib ketgan, ular bronxiolalar deyiladi. Ular nihoyatda mayda bo‘shliqlar – alveolalar bilan tugallanadi. Alveolalar juda mayda qon tomirlari – kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarda gazlar almashinuvi ro‘y beradi. Bu yerga kirgan havodan alveolalarni o‘rab turgan kapillarlarga kislorod o‘tadi.
Organizmni kislorod bilan ta’minlash ishini eritrotsitlar bajaradi. Gazlar almashinuvi jarayonida karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi, bu gaz havo yo‘llari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olganda o‘pka kengayadi, o‘pkaga taxminan 700 ml3 hajm havo kiradi. Nafas chiqarilganda ko‘krak qafasi hajmi kichrayadi. Sog‘lom odamda nafas harakatlarining soni minutiga 16–20 taga teng bo‘ladi. Jismonan zo‘riqqan paytda nafas tezlashadi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi: sportchilarda (sog‘lom odamlarda) – 5000 ml3; erkaklarda – 3500 ml3 bo‘ladi, ayollarda 2500 ml3.
O‘pka to‘qimasi zararlanishi bilan kechadigan kasalliklarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi ancha kamayadi.
Nafas organlari faoliyatini uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi idora etadi. O‘pka muhim a’zo bo‘lib, qon aylanish ham unga bog‘liq. O‘pka arteriyasi yurakning o‘ng qorinchasidan chiqqanidan keyin o‘pkada juda katta kapillar to‘rini hosil qiladi.
Nafas olish tizimi organizmga beto‘xtov kislorod kirib, undan karbonat angidrid gazi chiqib turishini ta’minlaydi. Nafas olish vaqtida nafas markazi qo‘zg‘aladi, bu nafas muskullarining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda o‘pka cho‘zilib, alveolalardagi havo bilan atmosfera havosi bosimlari o‘rtasidagi farq tufayli o‘pkaga havo o‘tadi. Nafas chiqariladigan mahalda nafas muskullari bo‘shashib, o‘pka puchayadi, havo chiqib ketadi.
Nafasning uch tipi tafovut qilinadi: ko‘krak, qorin va aralash tipi. Ko‘krak tipida ko‘krak qafasi asosan oldingi orqa va yon yo‘nalishlarda kengayadi (ayollarga xos). Qorin tipida ko‘krak qafasi asosan diafragma hisobiga vertikal yo‘nalishda kengayadi (erkaklarga xos). Aralash tipdagi nafasda ko‘krak qafasi barcha yo‘nalishlarda bir tekis kengayib turadigan bo‘ladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin