Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Zotiljam kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par varishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə11/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

2.2.1. Zotiljam kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par varishi
O‘tkir zotiljam nafas olish a’zolari kasalliklari orasida ko‘p uchraydigan, asosan, o‘pka to‘qimalari (alveola, oraliq to‘qima, mayda qon tomirlari)ning o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Bu kasallik o‘rta hisobda har 10 000 aholiga 16 tadan to‘g‘ri keladi.
O‘tkir zotiljam bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin. Ammo bu kasallik yosh bolalar va qariyalarda ko‘proq uchraydi. Kasallik o‘z vaqtida aniqlanib davolansa, asorati qolmaydi. Agar kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa, to‘g‘ri davolanmasa, har xil og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi, hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Sabablari (etiologiyasi). O‘tkir zotiljam kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagilar: bakteriyalar, viruslar, mikroplazmalar, rikket siyalar, zamburug‘lar va b. O‘tkir zotiljamga, asosan 54% dan 74% gacha hollarda pnevmokokklar sabab bo‘ladi. Gripp epidemiyasi vaqtida kasal likni virus va bakteriyalar (ko‘pincha stafilokokklar birgalikda) keltirib chiqaradi.
Klinik belgilari.Kasallik to‘satdan boshlanib, bemorning tana haro rati 39–40°C ga ko‘tariladi, eti qattiq junjikib, qaltiraydi, darmoni qurib, boshi og‘riydi, terlaydi. Avval quruq, so‘ngra shilliq rangli qizg‘ish balg‘am ajratib yo‘taladi. O‘tkir zotil jamning rivojlanishiga qattiq sovuq qotish, jismoniy va ruhiy o‘ta toliqish, tananing zaharlanishi hamda kasallikka qarshi kurashish qobiliyatining susayishi va boshqa bir qancha omillar sabab bo‘ladi.
O‘tkir o‘choqli zotiljam kasalligi o‘pkaning bir segmenti, bo‘lagi yoki asinusining o‘tkir yallig‘lanishidan kelib chiqadi.
Yallig‘lanish jarayoni, asosan, bronxlardan boshlangani uchun bronxozotiljamdeb ataladi. Yallig‘langan o‘choqlarning katta-kichikligiga qarab mayda o‘choqli, yirik o‘choqli va tutashgan o‘choqli zotiljam farq lanadi. Yallig‘langan o‘choqlarning tuta shishi natijasida o‘pkaning seg menti, bo‘lagi zararlanishi mum kin.
etiologiyasi. O‘tkir o‘choqli zotiljam ko‘pin cha turli kasalliklar va shikastlanishlar oqibatida kelib chiqadi. Bu kasallik bronxit, gripp, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi oqibatida vujudga keladi. Shuning uchun qish vaqtida, aholi o‘rtasida gripp epidemiyasi, o‘tkir o‘choqli zotiljam bilan kasal lanish ko‘payadi. Bu kasallik paydo bo‘lishiga stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar, Fridlender tayoqchasi, viruslar, mikro plazma, rikketsiyalar sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘tkir o‘choqli zotiljam qon aylanishi buzilganda, buyrak kasalliklarida, ko‘kyo‘tal, ich terlama, revmatizm, kollagenoz kasalliklarida, sepsis, ayrim gazlardan zaharlanganda, narkozdan so‘ng (aspi ratsiya), ko‘krak qafasi, qorin, bosh jarohatlanganda yuzaga kelishi mumkin. Kasallik kelib chiqishida mikroblar ko‘pincha nafas yo‘llari orqali o‘tib, alveolalarga boradi. Bunga bronx shilliq pardalarining to‘siqli faoliyati pasayib ketganligi sabab bo‘ladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin